ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

Google KOMPANIYASI SABOQLARI (II-QISM)
2. Google kompaniyasining muvaffaqiyat siri
2.1. Zamon talabidan oldinda bo‘lish.
Hozirgi kunda yangi innovatsion mahsulotlar bozorga tezlik bilan kirib kelmoqda. Bugungi yangi innovatsion mahsulot bir necha kundan keyin talabga javob bermaydi. Shuning uchun ham yana-da yangi va sifatli mahsulot yaratish talab etiladi. Chunki isteʼmolchining bilimi va talabi oshgan. Isteʼmolchining bugungi kun talabi yoki buyurtmasiga binoan mahsulot yaratish ham kerak, ammo, bu ish kompaniyani yangi cho‘qqilarga olib chiqmaydi. Kompaniya shunday yangi mahsulot yaratishi kerakki, bu mahsulot isteʼmolchi uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lsin. Bunday mahsulot yaratish uchun raqobatchilarga ergashish yoki ular ishlab chiqargan mahsulotlarini o‘rganish shart emas. Yaratgan mahsulotingiz raqobatchilaringizni yetti uxlab tushiga ham kirmagan bo‘lishi kerak.
Yangi innovatsion mahsulotlar qanday paydo bo‘ladi? Masalan; kompaniyaga mavjud texnologiyani yangi sohada sinab ko‘riladi. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa mahsulot boshqa sohalarda ham tatbiq etiladi. 
Google kompaniyasining o‘z yo‘nalishini aniqlab olgan. Uning yo‘nalishi- bu qidiruv. Kompaniya asoschilari shu yo‘nalishda katta muvaffaqiyatga erishish mumkinligini avvaldan bilganlar.
Google kompaniya asoschilari katta muvaffaqiyatga erishish uchun o‘z bizneslarini tezda va butun dunyo bo‘yicha yoyishga erishganlar. XXI asr boshidagi muvaffaqiyat platformasi- musiqa, video, buyurtmalar berish, reklama va boshqa yo‘nalishlar bo‘lgan.
Google kompaniyasida yangi g‘oyalarga investitsiya kiritish uchun 70/20/10 qoidasiga amal qilinadi. Yaʼni 70 foiz mablag‘ asosiy biznesga sarf etiladi. 20 foiz mablag‘ dastlabki muvaffaqiyat olib kelayotgan mahsulotni sonini va sifatini oshirish uchun, 10 foiz mablag‘ esa istiqboli bor g‘oyalarni amalga oshirish uchun sarf qilinadi.
 Google kompaniyasi dasturchilari ish vaqtlarining 20 foizini o‘z g‘oyalari ustida ishlash yoki hamkasblarining g‘oyalarini takomillashtirishga ko‘mak berish bilan o‘tkazadilar. Agar, dasturchilar o‘z hamkasblarini loyihasini takomillashtirish uchun ish vaqtlarini 20 foizini ajratishga tayyor bo‘lsalar, demak bu istiqbolli g‘oya hisoblanadi.  
2.2. Google kompaniyasining prinsiplari.
•  Kompaniyani mahsulotini sifatiga menejerlar emas asosan mutaxassislar (texnarlar) javob beradilar. Kompaniyada yordamchi - moliya, sotuv, yuridik va boshqalar xizmatlar ham faoliyat olib boradi, ammo bu xizmatlar asosiy emas.
• Kompaniya uchun isteʼmolchining manfaati- doim ustuvor. Kompaniya avvalam bor isteʼmolchiga sifatli mahsulot yetkazib berishga harakat qiladi, undan keyin moddiy foyda haqida o‘ylaydi. Kompaniya uchun asosiy pul manbasi reklama beruvchilar hisoblanadi, ammo kompaniya yaratgan mahsulotlaridan odatda hech qanday pul to‘lamaydigan isteʼmolchi foydalanadi.
• Birovga yomonlik emas-yaxshilik qilish. Google kompaniyasining texnologiyasida millionlab isteʼmolchilarni shaxsiy maʼlumotlari saqlanishini hisobga olsak, isteʼmolchini ishonchini suiisteʼmol qilmaslik juda muhim.
Google kompaniyasining Xitoy bozoriga kirib kelishi juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki Xitoy hukumati tomonidan bu sohaga baʼzi taqiqlar o‘rnatilgan. Google kompaniyasining asoschilaridan biri sobiq Ittifoqda tug‘ilgan Sergey Brin Xitoy bozoriga kirib bu davlat hukumati bilan hamkorlik qilishga qarshi edi. Ammo, Erik va Larri bu bozor katta salohiyatga ega ekanligi va Xitoy hukumati bilan hamkorlik qilish katta moddiy foyda olib kelishi haqida o‘z fikrlarini bayon etishganligi sababli kompaniya asoschilari orasida tortishuvlar yuzaga keldi. 

Tortishuvlar yakunida Google kompaniyasi Xitoyda joriy etilgan qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini boshlashga qaror qildi. Bir necha yildan keyin Xitoy davlatining maxsus xizmati tomonidan Google kompaniyasining baʼzi mijozlari haqida maʼlumot olish uchun kompaniya serveriga xakerlik hujumini amalga oshirdi. Shundan so‘ng Google kompaniyasi Xitoy hukumatiga norozilik bildirdi va o‘z mijozlari haqida maʼlumot bermasdan bu davlatda o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
2.3. Qaror qabul qilish.
Qaror qabul qilish va uni bajarishni eng oson yo‘li harbiy xizmatda joriy etilgan. Har qanday buyruq muhokama etilmasdan, norozilik bildirilmasdan so‘zsiz va vaqtida bajariladi. Ammo bu usul Google kompaniyasiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birga samarasiz byurokratik usul ham mos kelmaydi. Google kompaniyasiga har qanday qarorni o‘z vaqtida qabul qilish va uni amalga oshirishga katta eʼtibor beriladi. Aksariyat qarorlar jamoaviy yig‘ilishda qabul qilinadi.
Google kompaniyasida qarorlarni yig‘ilishda qabul qilinishi natijasida samarali boshqaruv yo‘lga qo‘yilgan. Yig‘ilishlarga asosan 8 nafargacha masʼul xodim ishtirok etadi. Yig‘ilish rejalashtirilgan vaqtda boshlanadi va tugatiladi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun har bir masʼulni fikri tinglanadi. Tortishuv cheksiz va samarasiz bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yig‘ilish so‘ngida qaror qabul qilinadi va uni amalga oshirish uchun reja tuziladi.
 Kitob mualliflari yig‘ilishlar samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadilar:
- Hamma narsaga rozilik bildiruvchi xodimlarni yig‘ilishga taklif etish shart emas;
- Faqat rahbarning fikri bilan qabul qilingan qaror doimo samara bermaydi;
- Yig‘ilishda kam gapiradigan xodimga eʼtibor beriladi. Aksariyat hollarda bunday xodimlar boshqalarning fikridan norozi bo‘ladilar, ammo, o‘z fikrini bildirishda jurʼat eta olmaydilar. Baʼzida bunday xodimlar qimmatli fikrlar bildiriladi. Agarda bunday xodimlarda hech qanday fikr bo‘lmasa, keyingi Yig‘ilishlarga ular taklif etilmaydi.
  Google kompaniyasida xodimlar o‘z fikrlari hech narsadan qo‘rqmasdan bayon etishlari uchun sharoit yaratilgan.
3. Yangi ish boshlagan top-menejerga maslahatlar.
3.1. O‘zingizdan boshlang.
• Italiyalik mashhur iqtisodchi Volfred Paretoning 80/20 prinsipiga eʼtibor bermay, 80/80 prinsipiga amal qiling. Yaʼni 80 foiz vaqtingizni 80 foiz foyda olish uchun sarf eting. Siz o‘z biznesingizni sevishingiz va qadrlashingiz kerak, shu bilan birga yangi istiqbolli g‘oyalar ustida ham ish boshlang.
 • CEO- sohasida yirik mutaxassis bo‘lsangiz xam o‘rganishdan to‘xtamang. Olimpiada chempionlarini musobaqalarda o‘rnatgan jahon rekordlarini yana-da yaxshilash maqsadida ustozlaridan o‘rganishdan to‘xtashmaydi.
• Maʼlumotlar erkin aylanishini taʼminlang. Google menejerlari direktorlar kengashi aʼzolariga qanday taqdimot qilsalar, shunday taqdimot oddiy xodimlar eʼtiboriga ham havola etiladi. Har juma Sergey va Larri xodimlarning har qanday savollariga javob berishadi.
• Doimo elektron pochtangizga kelgan maʼlumot, takliflar, istaklar va shikoyatlar bilan tanishib chiqing. Shmidt va Rozenbergning fikricha elektron pochtadagi yozishmalarga tezlik bilan javob qaytarish kerak. Isteʼmolchilardan kelgan talab, istak va shikoyatlarni ijobiy hal etish uchun xodimlarga topshiriq bering va bu topshiriqni bajarilishini nazorat qiling.
• Xodimlar va isteʼmolchilar bilan muloqot qiling. Elektron pochta qanchalik qulay bo‘lsa ham shaxsiy muloqotni almashtira olmaydi. Iloji bo‘lsa xodimlarni qabul qilish uchun alohida vaqt rejalashtiring.
• Xodimlaringiz bajarishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalarni aniq tushuntirishga harakat qiling. Kibrga berilmang, samimiy bo‘ling xodimlarni maqsad sari shaxdam qadam tashlashga ilhomlantiring.
• Biznesingiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘ling. Maqsadingizga erishish uchun reja tuzing va uni amalga oshiring. Biznes haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish kamlik qiladi.
• Jamoa aʼzolari bilan munosabatda samimiy bo‘ling. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga eʼtiborsiz bo‘lmang. Masʼuliyatni o‘zingizga olishga harakat qiling.
• Ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqotni mazmunli o‘tkazishga harakat qiling. Sizni yoki kompaniyani doimo maqtashlari shart emas. Tanqidni to‘g‘ri qabul qiling. Agar sizni yoki kompaniyangizni tanqid qilishmasa, demak siz va kompaniyangiz hech kimga qiziq emas.  
• O‘zingizni tekshirib turing. O‘zingizga o‘xshagan rahbaringiz bo‘lishini xohlaysizmi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lmasa, demak jiddiy o‘ylab ko‘rish vaqti kelgan.
O‘quv dargohini bitirgan insonlar avval kompaniya, keyin lavozim va faqat  oxirida mehnat qilishni xohlagan sohani yoki yo‘nalishni tanlashga harakat qilishadi. Kitob mualliflarining fikricha bu to‘g‘ri tanlov emas. Avvalam bor soha yoki yo‘nalish tanlanishi kerak. Chunki kompaniyada rahbarlar o‘zgarishi mumkin, balki boshqa kompaniyaga o‘tish kerak bo‘lib qolar, lavozim ham o‘zgarib turuvchi narsa, ammo mehnat qilayotgan soha yoki yo‘nalishingizni o‘zgartirish qiyinroq.
 Aytaylik taxminan 5 yildan so‘ng qaysi sohada va qanday lavozimda xizmat qilishni xohlashingiz haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Orzu qilgan lavozimda xizmat qilish uchun qanday mehnat yo‘lini bosib o‘tish kerakligini tahlil qiling. O‘zingizni kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlab oling. Zaif tomonlaringizni yo‘qotishni o‘ylang.
Ko‘p o‘qing. Ayniqsa shug‘ullanmoqchi bo‘lgan sohangiz haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishga harakat qiling. Statistikani ko‘rib chiqing. Raqamlar va maʼlumotlardan cho‘chimang. Iloji bo‘lsa siz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan soha chet elda qanday tartibda solingani haqida maʼlumotlar to‘plang. Yoqtirgan sohangiz bo‘yicha ish toping. Ish topish ham qiyin. Ammo, harakatni boshlang va maqsadga erishasiz.
Muqaddima.
• Google kompaniyasi o‘z kasbini ustalari bo‘lgan xodimlar bilan jamlangan. Bunday jamoani tashkil etish oson bo‘lmagan, ammo yana-da qiyini shunday jamoani saqlab qolish. Buning uchun ajoyib g‘oya va prinsiplardan tashqari, shunday g‘oya va prinsiplarni qo‘llab- quvvatlovchi insonlarni bir joyda to‘plashga harakat qilingan.
• Kompaniyaning shaxsiy tartib bilan ishlash guruhi xodimlarining eng ustuvor vazifasi kompaniyaga xizmat qilishga loyiq insonlarni tanlash. Albatta tanlashni o‘zi kamlik qiladi, ularni jamoa aʼzolari bilan bir tanu bir jon bo‘lib ketishiga har taraflama yordam berish kerak. Ularni o‘z bilim saviyasini doimo oshirib borishiga sharoit yaratish va yuqori cho‘qqilarni birgalikda zab etish vazifalarini bajarishlarini taʼminlash zarur.
• O‘z kasbini ustalari byurokratiyani, qog‘ozbozlikni va buyruqbozlikni yoqtirmaydilar. Ular har qanday qaror fakt va maʼlumotlarga tayangan holda tezkorlik bilan qabul qilinishini xohlaydilar.
• innovatsion kompaniyada rahbar bo‘lish oson emas. Buning uchun avvalam bor shu sohani mukammal bilish kerak. Doimiy ravishda o‘z bilim saviyasini oshirib borish kerak. O‘zidan bilim saviyasi yuqori bo‘lgan insonlardan o‘rganishga uyalmaslik kerak.
• Google kompaniyasining texnologik rivojlanishi chuqur o‘rganish va tahlil qilish faqat foyda keltiradi. Kompaniyadan nimani o‘rganish mumkin? Masalan; xodimlarni tanlash, o‘rgatish, jamoani shakllantirish, rag‘batlantirish, loyihalarni ishlab chiqish va amalga tatbiq etish.
• Kitob mualliflarini fikricha katta muvaffaqiyatga erishish uchun Google kompaniyasining tajribasini takrorlash shart emas, buning uchun yangi yo‘nalish, yangi usul va yangi vositalar tanlash mumkin.
• Yon atrofimizga bir nazar solaylik, yangilik yaratish mumkin bo‘lgan sohalar behisob. Masalan; Avtomobil yoki elektromobilni yana-da takomillashtirish, jinoyatni oldini olish yoki sodir etilgan jinoyatlarni ochish uchun zamonaviy vositalar va uskunalar yaratish, bemorlarni dardiga davo bo‘luvchi uskuna, vosita, usul yoki dori-darmonlar ixtiro etish. O‘zingiz yoqtirgan sohani tanlang hamfikrlarni bir jamoaga jamlang va ishni boshlang. Sizni ishontirib aytamizki omad sizga albatta yor bo‘ladi.
«Dasturchining vazifalaridan biri - kompyuterdan foydalanishni oson qilish» Sergey Brin

Report Page