101-sessiya: Ekologiyaga oid tumandagi vaziyat muhokama etiladi

101-sessiya: Ekologiyaga oid tumandagi vaziyat muhokama etiladi


Xalq deputatlari tuman kengashining 101-sessiyasi joriy yil 5-aprel kuni, soat 10:00 ga chaqirildi. Kun tartibiga tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar va uning natijalari to‘g‘risidagi masala kiritilgan.

Shuningdek, 2023-yil 31-yanvarda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Akram Sa’dullayev hisobot berishi kutilmoqda.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida kengash ishchi guruhi rahbari O‘ktam Najmitdinov axborot beradi. Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi tuman bo‘limining bir yillik faoliyati tahlil qilinadi.

Bundan tashqari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan tabiat ifloslanishining oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda sohaga doir nazoratni olib borish bo‘yicha real holat muhokama etiladi. “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jaddalashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi ham kun tartibiga kiritilgan.

Report Page