100 mln. so'mgacha garovsiz kredit

100 mln. so'mgacha garovsiz kredit



✅Kredit maqsadi:

Sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash xamda qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo markazlari xamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yunalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).


⏳Kredit muddati:

2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Bunda, loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 24 oygacha ajratilishi mumkin.


1️⃣8️⃣Yillik foiz stavkasi

18% (Markaziy bank asosiy stavkasi + 4%)


💸Kredit ajratish shakli

Pul o‘tkazish yo'li bilan tovar yetkazib beruvchi (xizmat kursatuvchi) ning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.


Kredit ta’minoti 🟰 Garovsiz


📒Talab etiladigan xujjatlar:

Ariza, markazning o‘quv sertifikati, biznes-reja, oldi-sotdi shartnomasi, shuningdek bankning kredit siyosati talablariga muvofiq tegishli xujjatlar.


🏛️Kreditni kim ajratadi:

Loyihalarni moliyalashtirish mijozga xizmat ko‘rsatuvchi Bank xizmatlari ofisi tomonidan amalga oshiriladi.


❓Kreditdan kimlar foydalanishi mumkin:

Kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dexqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, xunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.

Bunda, o‘zini uzi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar moliyaviy instrumentlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritganda qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o‘tishi lozim.


Report Page