10 ta fakt turkumidan

10 ta fakt turkumidan

🔎https://t.me/yoshkitobxonuz

Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan.


Zulfiyaning “Men ish qizi” nomli birinchi sheʼri 1931 yil 17 iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi. “Hayot varaqlari” nomli ilk toʻplami oʻn yetti yoshida nashr etildi


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.


Zulfiya Hamid Olimjonning “Semurgʻ”, “Zaynab va Omon” dostonlari asosida pyesa va opera liberettosini ham yaratgan.


Zulfiya “Oʻylar”, “Shalola” kabi sheʼriy toʻplamlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan


Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda boʻldi.


U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida oʻtkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib, mashhur “Mushoira” (1958) asarini yaratdi.


Zulfiyaning oʻn beshga yaqin majmualari rus tilida chop etilgan.


Uning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan.


Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib 1999 yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi.

Report Page