10-noyabr — Butunjahon ilm-fan kuni

10-noyabr — Butunjahon ilm-fan kuni


Toshkent davlat agrar universitetida “Butunjahon ilm-fan kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan “Agrar ilm-fani taraqqiyot va barqarorlik uchun” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Vazirlik tizim tashkilotlari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari va fermerlar ishtirok etishdi.

Ushbu sana 2001-yilda YUNЕSKO tashkiloti tomonidan ma’qullanib, 10 noyabr sanasini “Butunjahon ilm-fan kuni” deb rasman tasdiqlangan.

Bu bayramning to‘liq nomi “Tinchlik va taraqqiyot yo‘lida butunjahon ilm-fan kuni” deb qayd etilgan bo‘lib, har yili 10-noyabr kuni ilm-fanning jamiyatdagi muhim o‘rni va ilm-fanga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirok etishi zarurligiga qaratilgan Tinchlik va taraqqiyot yo‘lida butunjahon ilm-fan kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

“Butunjahon ilm fan kuni” joriy etishdan asosiy maqsad:

• jamiyat taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida ilm-fan ahamiyatli ekanligini keng jamoatchilikka yetkazish;

• ilm-fan yutuqlaridan umumiy foydalanish borasida turli mamlakatlar bilan hamkorlikda xalqaro va milliy birdamlik va hamfikrlikni qo‘llab-quvvatlash;

• ilm-fan yutuqlarini jamiyat manfaatlari uchun yo‘naltirish borasida milliy va xalqaro tajribalar natijadorligini oshirish;

• ilm-fan yo‘lidagi muammolarga jamiyat e’tiborini jalb etish va ilmiy yechimini topish hamda ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Yuqoridagilarning ilmiy yechim sifatida Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Ilm va izlanish bo‘lmagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish va umuman, biror-bir sohaning kelajagi bo‘lmaydi” g‘oyalarining ilgari surilishi yaqqol ifodasidar. 


Bugungi o‘tkazilayotgan “Agrar ilm-fani taraqqiyot va barqarorlik uchun” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumaning o‘tkazilishi ham agrar ilm-fani va mauammolarni hal etishga yangi ilmiy yechimlar xalqaro va milliy anjumanlarda, ilmiy davralarda muhokama qilinadi. 

Shuningdek, “Butunjahon ilm-fan kuni” g‘oyasi - “ochiq ilm” tamoyilini ham ilgari suradi. Bu tamoyil asosida ilmiy manbalar, ilmiy ishlanmalar, intellektual mulk obyektlari, seleksiya yutuqlarining hisobot va xulosalari barcha uchun ochiq bo‘lishi, undan har kim erkin foydalana olishini ta’minlash g‘oyasini ko‘zlagan hamda hech bir xalq ilmiy taraqqiyotdan orqada qolmasligi uchun oz bo‘lsa-da o‘z hissasini qo‘shish mumkin deb hisoblash o‘rinli bo‘ladi.

Bunda agrar ilm-fani, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ilg‘or texnika va texonologiyalarni amaliyotga joriy etish, hududlarda resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etgan holda ish ko‘lamini kengaytirish, rivojlantirish va natijadorligini oshirish bugungi kunda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Report Page