10 bosqich qoidasi

10 bosqich qoidasi


4. Agar bevosita raqobatchilar bo’lmasa, ular avval mavjud bo’lgani, ammo bunday biznes-modelning iqtisodiyoti ish bermagani uchun inqirozga uchraganligining ehtimoli yuqori. Ularni aniq bilmaysizmi-bu muammo emas. Ular mavjud bo’lgan deb tasavvur qiling va nima uchun ularning iqtisodiyoti ish bermagani haqida o’ylab ko’ring.


Sizning biznes-modelingiz qay jihatlari bilan ajralib turishini aytib bering.


5. O’z mahsulotingiz haqida gapirishni boshqalarning mahsulotlari haqida gapirishdan boshlang. Sizning asosiy raqobatchilaringiz kimlar? Iste’molchi nuqtai nazaridan sizning mahsulotingiz qanday ustunlikka ega?


Bu eng birinchi burilish nuqtasi. Agar siz raqobatchilaringiz va ulardan ustunlik jihatlaringiz haqida tushuntirib bera olmagan bo’lsangiz, u holda sizni eshitishning qizig’i yo’q - yoki ehtiyoj yo’q, yoki bo’lmasa siz ehtiyoj va raqobat haqida hech qanday ma’lumotga ega emassiz, yoki internetdan to’g’ri foydalanishni bilmaysiz.

6. Siz raqobatchilaringizdan farqli biror narsa qilsangiz yoki g’irrom raqobat afzalligiga ega bo’lsangizgina, ulardan yaxshiroq bo’la olishingiz mumkin. Bir ishni yaxshiroq qilganingiz uchun ustun bo’la olmaysiz.

Bu ikkinchi burilish nuqtasi. Agar sizda “o’ziga xos” yoki “g’irrom ustunlik” bo’lmasa, demakki mahsulotingizning ichki ahamiyati yo’q va siz shunchaki birovning hisobiga kichkina korxona barpo etmoqchisiz xolos.

Davomi bor....


Ⓜ️anba: https://t.me/joinchat/AAAAAFJttz2gwCAb4v-WYA

Report Page