XVJ va OTB missiyasi O‘zbekiston soliq ma’muriyatchiligining holatini baholaydi

XVJ va OTB missiyasi O‘zbekiston soliq ma’muriyatchiligining holatini baholaydi

EconomyMoliyaPress

Joriy yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Vinsent de Pol Kukpayzan boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) fiskal departamenti vakillari bilan uchrashdi.

Missiya tarkibi XVJ xodimlari Stefan Vespermann, Jon Middlton hamda OTB xodimlari Najam Javayd va Go Nagatalardan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda TADAT orqali O‘zbekiston soliq ma’muriyatini baholash bo‘yicha XVJ va OTB qo‘shma missiyasining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Missiyaning asosiy maqsadi soliq ma’muriyati holatini diagnostik baholash (TADAT) bo‘lib, uning doirasida soliq ma’muriyatining kuchli va zaif tomonlari, shuningdek, keyingi islohot va harakatlar ketma-ketligi dasturi aniqlanadi.

Soliq tizimini baholashda ma’lumotlarning to‘g‘riligini maksimal darajada oshirish maqsadida joylarda soliq ma’muriyatchiligi holatini o‘rganish uchun ishchi missiyalar tashkil etish ham taklif qilindi.

O'z navbatida, Vinsent De Pol Kukpayzan Dilshod Sultonovga va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar missiya davomida yuzaga kelgan masalalarni o‘z vaqtida hal qilish uchun qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishga kelishib oldilar.

Ma'lumot uchun: TADAT — bu to'qqizta faoliyat sohasini hisobga olgan holda mamlakat soliq ma'muriyati tizimining asosiy tarkibiy qismlarining kuchli va zaif tomonlarini obyektiv baholashni ta'minlash uchun mo'ljallangan vosita. Baholash natijalari talab qilinadigan islohotlar ko'lamini va e'tiborni talab qiladigan nisbiy ustuvorliklarni ko'rsatadi.


Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi

Iqtisodiyot va moliya vazirliklari

Report Page