1 oylik IT yangiliklari

1 oylik IT yangiliklari

@apiuz

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan qabul qilingan uchinchi tashabbusni amalga oshirish uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-akademiyasi uchun loyihani ishlab chiqdi

Prezidentning uchinchi tashabbusi IT-akademiyani ochish dasturi loyihasi aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni o`z ichiga oladi.

2019 yil 18-may kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanida IT-akademiyasi ochildi.

IUT O'quv markazining bazasi asosida kompyuter savodxonligi, "Yo'naltiruvchi", "Scratch", "App Inventor" va boshqa dasturlar bo'yicha umumiy kurslarni tashkil qiladi.

O`quvchilarning ta`lim olishlari uchun Toshkent shahridagi Inha universitetining xorijiy va mahalliy o'qituvchilari IT-Akademiyaga jalb qilinadi.

Shuningdek, Uchtepa tumanidagi Seul bog'ida Toshkent shahridagi Inha Universiteti, vazirliklar hamda idoralar boshchiligida "Yoshlar o'rtasida texnik bilimlarni oshirish" mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari robotshunoslik va mobil ilova App Inventor dasturini ishlab chiqish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib borishdi, shuningdek, Sun'iy Intellekt mavzusi borasida loyihani ham taqdim etishdi.

Toshkent shahridagi IT park 4 iyundan arizalar qabulini boshlaydi

IT Park — yangi innovatsion makon bo’lib, unda yosh mutaxassislar IT-mahsulotlar ustida ishlaydilar va jamiyatning axborot sohasini rivojlantiradilar.

Toshkent shahridagi IT-park 4 iyun kuni arizalarni onlayn tarzda qabul qila boshlaydi. Bu haqda IT-park rahbari Farhod Ibragimov ma’lum qildi.

IT Park — yangi innovatsion makon bo’lib, unda yosh va intiluvchan mutaxassislar IT-mahsulotlar ustida ishlaydilar va jamiyatning axborot sohasini rivojlantiradilar.

“O'z g’oyalarini yoki mavjud IT-loyihasini rivojlantirishni rejalashtirganlar uchun yaxshi yangilik! IT-Park startap komandalaridan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun arizalar qabul qilishni boshlaydi”, — deya yozadi Farhod Ibragimov Facebook sahifasida.

IT-park Mirzo Ulug’bek tumanidagi Toshkent shahridagi Inha universitetiga yaqin joylashadi.

Startaplarni qo’llab-quvvatlash (shu jumladan venchurli moliyalashtirish hisobiga), mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishga ko’maklashish, startaplar uchun zarur infratuzilma taqdim etish, mahorat darslari va boshqa ta’lim tadbirlarini o’tkazish kabilar loyihaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Texnopark vakillari davlat mablag’lari hisobidan, ya’ni AKTni rivojlantirish jamg’armasi hisobidan loyihalarining moliyalashtirilishiga ishonishlari mumkin.Batafsil...

Toshkentda USENET 2019 anjumani boʻlib oʻtdi

Poytaxtimizda har yilgi USENET 2019 Internet-anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov anjuman ishtirokchilariga tabrik soʻzi bilan murojaat qildi. 

Anjumanning asosiy mavzulari quyidagilar: Internetda biznes targʻiboti, messenjerlar, videoreklama, SMM, Internet-OAV, startaplar, innovatsion mahsulotlar vai shlanmalar.

Bu yil anjuman yanada kengroq miqyosda oʻtkazilib, marketing, reklama va IT sohasi ekspertlarini birlashtirdi.

Anjuman 20 nafardan ziyodroq spikerlarning chiqishlari uchun maydon boʻlib xizmat qildi. Xorijiy mehmonlar safida yetakchi IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Bu galgi USENET hisob boʻyicha oltinchi anjuman boʻlib hisoblanadi. 

O’zbekistondagi startaplar IT-loyihalar tanlovida ishtirok etib, 80 ming $gacha bo’lgan yutuqni qo’lga kiritishlari mumkin

Mazkur musobaqa o’z loyihalarini ishlab chiqish va boshlash istagida bo’lgan Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistonlik IT guruhlar, startaplar va talabalar uchun ochiq.

DAR IT-kompaniyasi IT-startaplar uchun DAR Lab tanlovini e’lon qildi. Tanlov ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: tijorat loyihalari (logistika, fintex, sug’urta, chakana savdo, elektron tijorat va farmakologiya) va ijtimoiy loyihalar (qishloq va shahar atrof-muhitini yaxshilash, sog’liq, ekologiya va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash).

Mazkur musobaqa o’z loyihalarini ishlab chiqish va boshlash istagida bo’lgan Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistonlik IT guruhlar, startaplar va talabalar uchun ochiq.

Bu IT-industriyasidagi mutaxassislar, yangi boshlovchilar uchun o’z innovatsion ishlanmalarini e’lon qilish va ekspert baholarini olish uchun muhim bir platformadir.

Eng yaxshi, eng istiqbolli IT loyihalar — tijoriy loyihalar uchun 4 mln tenge (10 ming $gacha) va ijtimoiy loyihalar uchun 10 mln tengegacha (25 ming $gacha) investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, Darlab.asia akseleratori bo’lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Tanlovda qatnashish uchun saytdagi onlayn anketani to’ldirish va texnologik stek bo’yicha barcha sharoit va tavsiyalarni bajarish kerak.

Arizalar 29 mayga qadar qabul qilinadi. Tanlov komissiyasi arizalarni ko’rib chiqadi va qarorini 2-iyundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.

Arizalar noodatiy va kreativ g’oya, texnologiya to’plami, innovatsiya, ijtimoiy ahamiyatlilik, jamoa to’liqligi, prototipning mavjudligi, code review kabi mezonlarga binoan tanlab olinadi.

Ariza tanlab olingandan so’ng, mutaxassislar guruhlari 2019 yil may oyining oxirida Darlab.asia doirasida o’qish uchun Olma-Otaga taklif etiladi. Eng yaxshi loyihalar sarmoyalarga ega bo’ladilar.

Batafsil ma’lumot bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.                          

Huawei O‘zbekistondagi AKT yo‘nalishidagi iste’dodlarga noyob imkoniyatni taqdim etmoqda

Huawei kompaniyasi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda har yillik “Seeds for the Future” loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Ushbu loyiha doirasida o‘zbekistonlik talabalar Xitoyga o‘quv amaliyotiga yo‘l oladi. Besh yildan buyon Huawei O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirib kelmoqda, har yili TATU talabalari Huawei kompaniyasining bosh qarorgohida o‘tkaziladigan treninglar qatnashmoqda.

TATU bilan hamkorlikda Huawei “Seeds for the Future” loyihasi uchun 2019 yilning 31 mayidan 15 iyuniga qadar Xitoyda amaliyot o‘taydigan 10 ta yaxshi talabani aniqladi. Amaliyot davomida talabalarga Huawei kompaniyasining innovatsion texnologiyalari namoyish qilinadi va 5G tarmog‘ini o‘rganish, IoT yechimlar, bulutli texnologiyalar, big data (katta hajmdagi ma’lumotlar) bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

“Joriy yilda O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi beshinchi “Seeds for the Future” loyihasini ishga tushirdi. Besh yil davomida Xitoyda o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oluvchi ikki haftalik o‘qishga yuborish maqsadida 50 nafar talaba tanlab olingan. Joriy yildagi dastur ishtirokchilari Shenchjen shahrida telekommunikatsiya tarmoqlarining ishini va 5G, sun’iy intellekt, Big Data, buyumlar interneti kabi texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi, shu bilan birga, Pekinda talabalar uchun Xitoy tili va mamlakat madaniyati bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. “O‘tgan besh yilga qarab, talabalarning amaliyoti behuda ketmagan deb ayta olamiz, hozirgi kunda dasturning bir nechta ishtirokchilari Huawei kompaniyasida muvaffaqiyatli mehnatini davom ettirmoqda, 2018 yilgi “Seeds for the Future” talabalar guruhi esa bizning kompaniyamizda diplom oldi amaliyoti o‘tab bo‘lidi”, - deb ta’kidladi Davron Azizov, O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha boshlig‘i.

“Seeds for the Future” – sayyoramizdagi 350 ta yetakchi OTMlarni o‘z ichiga olgan global ta’lim dasturi. Dasturga 2008 yilda asos solingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida jahonning 125 ta davlati va mintaqalaridan 40 000 nafar inson unda qatnashgan, 4725 nafar ishtirokchiga esa Xitoyda amaliyot o‘tish imkoniyati taqdim etilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining uzoq yillik va ishonchli hamkori hisoblanadi. Huawei kompaniyasining aksariyat muhandislari va mutaxassislari mazkur universitet bitiruvchilaridir. Mana bir necha yildan beri, iste’dodli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida kompaniya mazkur ta’lim dargohidagi yosh olimlarini qo‘llab-quvvatlab, universitetga homiylik yordamini ham ko‘rsatib kelmoqda.

“Yaqinda Huawei kompaniyasining tadqiqot markaziga amalga oshirgan tashrifi davomida mamlakatimiz Prezidenti AKT sohasidagi kadrlarni tayyorlashda va mutaxassislar malakasini oshirishda Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik qilish lozimligiga urg‘u bergan edi. Ko‘p yillar davomida biz ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda bir qator loyihalarni amalga tatbiq etmoqdamiz. Bularga bizning universitetda HAINA akademiyasining ochilishi, “1000 AKT iste’dod“ va “Seeds for the Future loyihalarini misol qilish mumkin. Mamlakatimizda AKT sohasidagi kadrlar potensialini oshirish maqsadida biz xalqaro kompaniyalar, shu jumladan Huawei bilan kelgusi hamkorlikka umid bildiramiz” , dedi TATU rektori To‘lqin Teshaboev.

“Seeds for the Future” loyihasi tomonidan bo‘lajak AKT va IT mutaxassislarni yanada kengroq qamrab olish maqsadida Huawei kelgusi yilda bir nechta universitetlarda amaliyot dasturini yo‘lga qo‘yish niyatida.

40 dan ortiq davlat sun’iy intellekt borasida kelishuvga erishdi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlar, shuningdek, Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Kolumbiya, Peru va Ruminiya sun’iy intellekt bilan ishlash borasidagi asosiy prinsiplarni kelishib oldi.

Tashkilotning Parijda o‘tkazilgan yig‘ilishida aytilishicha, sun’iy intellekt sohasidagi yangiliklar shaffof amalga oshirilishi, ularga o‘rnatiladigan tizimlar tegishli markirovkaga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari sun’iy intellektda foydalaniladigan tizimlar “ishonchli va barqaror ishlashi, potensial xavflar uchun doimo sinovdan o‘tib turishi kerak”.

Bu kabi tizimlar bilan ishlovchi tashkilotlar va insonlar mazkur prinsiplarga amal qilinishiga javobgar.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining taklifi yuridik majburiyat hisoblanmaydi.

Sun’iy intellekt bizning hayotimiz va mehnat faoliyatimizni tubdan o‘zgartirib yuboradi. U iqtisod va jamiyatga oid ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga etika borasidagi masalalarni ham ko‘taradi”, — deydi tashkilot rahbari Anxel Gurria.



Report Page