1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni....

1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni....

ТДАУ Термиз филиали матбуот котиби Хамид Норқобилов

Ustoz degan nom haqida gap ketganda har birimizning yodimizga biz uchun eng ulug', eng aziz va eng hurmatli insonlar keladi. 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan TDAU Termiz filialida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni filial direktori, professor A. Jo'rayev o'z tabrik so'zlari bilan ochib, ustozlarimizning ko'rsatayotgan xizmatlarini yuksak e'tirof qilib, ularga chuqur xurmat va minnatdorchiliklar izhor etdilar.

Shuningdek tadbir davomida bir qator o'z mehnati bilan fidokorona xizmat qilib kelayotgan Ustoz va murabbiylar, bayram munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqalarda ishtirok etib g'olib va sovrindor bo'lgan o'qituvchilarimiz munosib taqdirlandilar.


Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiq va sherlar barchaga manzur bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaymiz. Yana bir bor kelayotgan bayramiz muborak bo'lsin aziz ustozlar!!







Report Page