1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

https://t.me/surxonkadastr
https://t.me/surxonkadastr

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir. Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Ko’zlarida ezgulik va mexr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och misoli.

Kelajak tarix bilan bunyod etiladi deyilganidek, ushbu kuning ham o’z tarixi bor.  Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlashi taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan va 1950-yildan esa1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog’ida ham o’z ifodasini topgan. Unda yer shari barchamizning umumiy uyimiz xisoblansa, atrofidagi bolalar esa baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi. Yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o’tkaziladi. Istrohat bog’lari esa bolalarning tabassumlari bilan go’yoki mo’jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Sababi O’zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston qo’shilgan ilk xalqaro shartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan so’ng aynan Bola huquqlari to’g’risida konvensiya turishi ham buning yaqqol isbotidir.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni -eng uzoq vatdan beri nishonlanib kelayotgan xalqaro bayramlardan biri. Uni o’tkazish to’g’risidagi qaror 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligiga bag’ishlangan Butunjahon konferensiyasida qabul qilingan. Bu bolalar bayramini nima uchun aynan 1-iyun kuni nishonlashga qaror qilinganligi haqida tarixda aytilmagan.

https://t.me/surxonkadastr

Naqllarning biriga ko’ra, 1925 yilda San-Fransiskodagi Xitoyning bosh konsuli bir guruh Xitoylik yetim bolalarni to’plab, ular uchun aynan 1-iyun kuni Duan-u Sze ( Ajdaho - qayiqchalar namoyishi) bayramini o’tkazib bergan. Baxtli tasodifga ko’ra, namoyish Jenevadagi "bolalar" konferensiyasini o’tkazish vaqtiga to’g’ri kelgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin, bolalar sog’lig’ini saqlash va ularning farovonligi muammolari har qachongidan ham dolzarbroq bo’lib turgan payt, 1949 yili Parijda bolalar baxtining yagona kafolati sifatida mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun tinimsiz kurash to’g’risidagi qasam yangragan Ayollar Kongressi bo’lib o’tdi.

https://t.me/surxonkadastr

Xuddi shu yili Ayollar Xalqaro Demokratik federatsiyasi Kengashining Moskvada bo’lib o’tgan majlisida uning 2-chi kongressining qarorlariga binoan ushbu bayram ta’sis etildi. Bir yil o’tib esa, ya’ni 1950 yilning 1 iyun kuni birinchi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni o’tkazildi. Shundan beri ushbu bayram har yili o’tkazilib keladi.

https://t.me/surxonkadastr

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunining o’z bayrog’i bor. Ulg’ayish, uyg’unlik, soflikva unumdorlik ramzi bo’lgan yashil zaminda, Yer ifoda etuvchi globus beligisining atrofida - qizil, sariq, ko’k, oq va qora ranglarda uslubiy tasvirlangan shaklchalar joylashtirilgan. Ushbu odamchalar ko’rinishidagi shaklchalar turli-tumanlik va bag’rikenglikni anglatadi. Markazda joylashgan Yer belgisi hammamizning umumiy uyimiz ramzidir.

https://t.me/surxonkadastr

Qizig’i shundaki, bu bayramni rivojlanishning sotsialistik yo’lini tanlagan mamlakatlarda faol qo’llab-quvvatlangan edi. Sovet Ittifoqi davrida 1 iyun kuni o’rta maktablarda yozgi ta’tillar boshlanar edi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalarning huquq va farovonligi haqida nutqlar, bolalar uchun yangi badiiy filmlar va teleko’rsatuvlar namoyish etilishi, bolalar uchun tashkil etilgan tez-tez ota-onalari ishtirokidagi sport musobaqalari o’tkazilardi.

https://t.me/surxonkadastr

Bugungi kunda ham ko’plab mamlakatlarda bolalar uchun ommaviy, ko’ngilochar va madaniy tadbirlar o’tkaziladi. Ammo bolalar bayrami nafaqat bolalarning o’zlari uchun quvonchli bayram, balki barcha bolalar baxtli tarzda ulg’ayishi, o’qishi, sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishi, kelajakda ajoyib ota-onalar va o’z yurtlarining ma’suliyatli fuqarolari bo’lib yetishishi uchun dunyo hamjamiyatiga eslatish va ogohlantirishdir.

https://t.me/surxonkadastr
https://t.me/surxonkadastr


Report Page