1-SHO‘BA: “YANGI O‘ZBEKISTON KUTUBXONALARIDA MUTOLAA MADANIYATINI OSHIRISH HAMDA BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

1-SHO‘BA: “YANGI O‘ZBEKISTON KUTUBXONALARIDA MUTOLAA MADANIYATINI OSHIRISH HAMDA BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

https://t.me/natlibuz

2024-yil 17-may kuni Jizzax viloyati Sambhram Universitetida 1-sho‘ba yig‘ilishi “Yangi O‘zbekiston kutubxonalarida mutolaa madaniyatini oshirish hamda bolalar kitobxonligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi direktori Dono Ganiyeva va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorovalar moderatorlik qildilar.

Mazkur sho‘'ba yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyevaning “Mutolaa - og‘zaki va yozma savodxonlik asosi”, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Karimovaning “Bashariyat tarbiyachilari – onalardir: kitobxon xotin-qizlar, ularning qiziqishini oʻrganish, tahlil va takliflar”, M.F.Oxundov nomidagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasi elektron xizmat ko‘rsatish sektori mudiri Parvana Gurbanovaning (onlayn) “Ozarbayjon Milliy kutubxonasida kutubxona va axborot xizmatlarini tashkil etish”, Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Turaxodjayevaning “Kitob mutolaasining yoshga doir me’yorlari”, Rossiya Davlat bolalar kutubxonasi axborotlashtirish va fondlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ilya Gavrishinning (onlayn) “NEB. Bolalar adabiyoti”, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Mirali Mahmudov (onlayn) “Mutolaa ijtimoiy muammo sifatida”, Rossiya davlat bolalar kutubxonasi Bolalar adabiyoti bibliografiyasi markazi rahbari Natalya Kostyushinaning (onlayn) “Bolalar uchun moʻljallangan yaxshi kitobini qanday tanlash mumkin? Rossiya Davlat bolalar kutubxonasining tavsiya resurslari”, Qashqadaryo viloyati bolalar kutubxonasi mutaxassisi Nargiza Mahmudovaning “Bolalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish”, Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonov va Ilmiy uslubiy xizmati yetakchi mutaxassisi Shuhrat Matkarimovlarning “Kutubxona: tarix, bugun, ertaga”, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tayanch doktoranti Dilnavoz Najimovaning (onlayn) “O‘zbekistonda bolalar adabiyoti: yosh va janr bo‘yicha tasniflash”, Toshkent shahar Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori Yaxshigul Atayevaning “Biz – kitobxon millatmiz”, Surxondaryo viloyati Axborot- kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Dilrabo Sattorovaning “Maktab kutubxonalari fondini badiiy adabiyotlari bilan to‘ldirish”, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kutubxona-axborot faoliyati” mutaxassisligi magistranti Dilshoda Hamdamovaning “Mustaqillikning dastlabki yillarida Surxondaryoda kutubxonachilik faoliyati”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani axborot-kutubxona markazi direktori Maqsuda Jumaniyazovaning “Tuman axborot-kutubxona markazlarining ishini takomillashtirishda respublika va xalqaro tadbirlarning roli va ahamiyati” mavzusida ma'ruzalari tinglandi.

Ma'ruzalar so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, sho‘ba moderatorlarining xulosasi tinglandi va eng yaxshi ma’ruzachi aniqlandi.



Report Page