1-MODUL
ITIM_UZBEKISTAN“Yangi O'zbekistonda zamonaviy ilm-fan, sun'iy intellekt va innovatsion ta'limni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari” mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy o'quv dasturining 1-moduli: Talabalar va magistrantlar uchun tashkil etiladigan "Akademik muvaffaqiyat, ilmiy faoliyat va professional rivojlanish kompetensiyalari" nomli o'quv kursining mazmuni.
Ushbu kurs davomida quyidagi o'quv modullari bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi:
1. Talaba va magistrantlarning huquqiy maqomi, akademik huquqlari hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar.
2. Nomli davlat stipendiyalari, grantlar va akademik tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish strategiyalari.
3. Ta'lim jarayonida sun'iy intellekt texnologiyalaridan samarali va mas'uliyatli foydalanish metodlari.
4. Akademik yozuv asoslari: tezis, ilmiy maqola va dissertatsiya tayyorlashning zamonaviy talablari.
5. Professional karyerani rejalashtirish: zamonaviy rezyume (CV), motivatsion xat va mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyalashuv.
Kurs yakunida tinglovchilar akademik muvaffaqiyatga erishish, ilmiy faoliyatni samarali yo'lga qo'yish, sun'iy intellekt texnologiyalaridan professional foydalanish, nufuzli stipendiya va grant dasturlarida ishtirok etish hamda zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni egallaydilar.
- Qabul muddati: 2026-yil 15-avgustga qadar.
Loyiha tashkilotchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi. Mazkur o'quv dasturi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan №278118-sonli (Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati uchun) "Tasdiqnoma" asosida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy hamkorlari:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: +998 (91) 001-99-09
https://t.me/ITIM_UZBEKISTAN