Qishki ta'tilda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Qishki ta'tilda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Metodik xizmat bo‘limi

Surxondaryo viloyatida fan o‘qituvchilarining ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim sohasidagi islohotlar bilan tanishtirish, ularga metodik yordam berish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi metodistlari Termiz tumanidagi 13-, 17-, 24-sonli, Angor tumanidagi 15-, 21-, 32-, 33-sonli hamda Muzrabot tumanidagi 6-, 11-, 16-, 20-, 34-, 41-sonli umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.

Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilarning qishki ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Termiz tumanida 128 nafar, Angor tumanida 139 nafar, Muzrabot tumanida 180 nafar o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish borasida o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etilib, mazkur o‘quvlarda ishtirok etayotgan o‘qituvchilarga o‘z darslarini zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etishlari yuzasidan tavsiyalar hamda ularga o‘z faoliyati davomida zarur elektron resurslar, dars mashg‘ulotlarining mavzularini taqdimotlar asosida yoritish uchun qulay bo‘lgan https://www.videezy.com, https://www.videvo.net, https://invideo.io/, https://www.canva.com/video-editor/ rasmiy manbalari bilan ishlash borasida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tomonidan matematika, fizika, kimyo biologiya fanlaridan tashkil etilgan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarning ishtiroki uyushgan holda yuqori saviyada tashkil etildi hamda keyingi o‘tkaziladigan onlayn olimpiadalarda qatnashishi uchun iqtidorli o‘quvchilarga tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan milliy reyting ko‘rsatkichlari asosida baholash jarayonida ishtirok etadigan Termiz tumanidagi 13-, 17-, 24-sonli, Angor tumanidagi 15-, 21-, 32-, 33-sonli hamda Muzrabot tumanidagi 6-, 11-, 16-, 20-, 34-, 41-sonli umumta’lim maktablarining tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, hududlardagi tajribali trener o‘qituvchilar hamkorligida 9-sinf o‘quvchilaridan matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanidan bilim darajasini aniqlash maqsadida test olindi va natijalari tahlil qilindi. Ushbu maktablarda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazilib, so‘rovnomalarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Report Page