Sirdaryoda "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalariga START berildi
Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda joriy yilning 1-aprel kuni Davlatimiz rahbari raisligida yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyatida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, ularni koʻchabay va mahallabay kesimida sport tadbirlariga jalb etish maqsadida “5 tashabbus Olimpiyadasi” sport musobaqalariga bayramona tarzda start berildi.

Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayev soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratilib borilayotganligi, shu jumladan ushbu maqsadlar uchun viloyatimizda xam soʻnggi uch yilda 9 ta sport majmuasi, mahallalarda 167 ta workout, 27 ta stritbol, 17 ta badminton, 21 ta mini futbol sport maydonchalari foydalanishga topshirilgani, aholini salomatligini mustahkamlash uchun 78,84 km salomatlik yoʻlaklari va 54,46 km velosiped, 20 dan ortiq fitnes zallari barpo etilib foydalanish uchun yoshlar ixtiyoriga topshirilganligi, shuningdek, bu boradagi ishlarni har bir tuman va shaharlarimizda faol davom ettirgan holda “Salomatlik yoʻlaklari”, velosiped yoʻlaklari va sport maydonchalarini qurishni davom etirishimiz hamda taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan aholi sonini keyingi besh yilda 33 % foizga yetkazishni oʻzimiz uchun eng asosiy maqsad qilib olishimiz zarurligi toʻgʻrisida alohida takidlab oʻtdi.






Sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi boshchiligidagi mahalla jamoasi hamda viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi jamoasi oʼrtasida mini futbol boʼyicha oʼrtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.



Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Axborot xizmati