Sirdaryo viloyatida millionlar oʻyini hisoblangan futbol va mini futbol sport turi boʻyicha mahalla yoshlar oʻrtasidagi Davlat xavfsizligi xizmati kubogi musobaqalariga START berildi.

Sirdaryo viloyatida millionlar oʻyini hisoblangan futbol va mini futbol sport turi boʻyicha mahalla yoshlar oʻrtasidagi Davlat xavfsizligi xizmati kubogi musobaqalariga START berildi.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahridagi "Taraqqiyot" mahallasida joylashgan “Bunyodkor” sunʼiy qoplamali mini futbol maydonida qurʼa tashlash va futbol va mini futbol musobaqalarining rasman ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi.

Dastlab viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev soʻzga chiqib, yurtimizda sportga berilayotgan yuksak eʼtibor, sportning ommaviyligini oshirish yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, dunyoning manaman degan sportchilari bilan bemalol bellasha oladigan sportchilar qilib tarbiyalash yoʻlida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi, mazkur imkoniyatlardan yoshlarimiz unumli foydalangan holda davlatmiz sharafini jahon arenalarida munosib himoya qilishlari lozimligi toʻgʻrisida takidlab oʻtdi.


Shuningdek, sport tadbirining ochilish marosimida viloyat Davlat xavsizlik xizmati boshligʻi musobaqalarning oʻtgan yilgi respublika bosqichida Sirdaryolik yoshlarimiz faxrli 2-oʻrinni egallagani va yoshlarimiz bu yilgi baxslarda bundan ham yuqori natijani qoʻlga kiritishiga ishonch bildirishini alohida gapirib oʻtdi.


Shundan soʻng, Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi A.Buranov qisqacha musobaqalarning oʻtkazilish tartibi boʻyicha jamoalarga maʼlumot berib oʻtdi.


Qurʼa tashlash marosimini dastavval viloyat hokimi va 4 ta sektor rahbarlari boshlab berdi. Dastlab viloyat hokimi qurʼa tashlash marosimida birinchilardan boʻlib A guruhida "Bogʻishamol" mahallasi, viloyat prokurori B guruhida "Obod yurt" mahallasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi C guruhida "Nurafshon" mahallasi, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi D guruhida "Buyuk kelajak" mahalla yoshlari jamoalari maydonga tushishini aniqlab berdi.


Jamoalar kesimi bilan tanishamiz:

A guruh: B guruh:

Bog'ishamol MFY; Obod yurt MFY;

Bahor MFY; Ahillik MFY;

Sohil MFY; Ibratli MFY;

Do'stlik MFY; Sayqal MFY;

Madaniyat MFY; Namuna MFY;

Baxt MFY. Ulug'obod MFY.


C guruh: D guruh:

Nurafshon MFY; Buyuk kelajak MFY;

Shodlik MFY; Ma'naviyat MFY;

Navbahor MFY; Taraqqiyot MFY;

Nihol MFY; Bo'ston MFY;

Yangi hayot MFY; Yuksalish MFY;

Ulug yo'l MFY. Istiqlol MFY.


Sirdaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Axborot xizmati



Report Page