***

***

t.me/jizpi_online

Ayni paytda Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov hamda institutning Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i Jamshid Abdunazarovlar rasmiy tashrif bilan Qozon federal universiteti Naberenjnochelninskiy institutida bo‘lib turibdi.

Xizmat safarining asosiy maqsadi Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan xorijiy oliy taʼlim muassasasida davlat imtihon komissiyasi faoliyati bilan tanishish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha muzokaralar olib borish hisoblanadi.

Shuni alohida eslatib oʻtish joizki, joriy yilda Qozon federal universiteti Naberenjnochelninskiy instituti qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha birinchi bitiruvchilar oʻz bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilmoqda.

Shuningdek, xizmat safari doirasida institut professor-o'qituvchilari bilan uchrashuv, BMI himoya jarayoni, talabalarga yaratilgan sharoitlar, institutning moddiy texnik bazasi, o‘quv laboratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishish hamda zavod va ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

Report Page