Jizzax politexnika instituti akademik litseyini 2023-2024 o‘quv yilida tamomlayotgan o‘quvchi-yoshlar uchun "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika instituti akademik litseyini 2023-2024 o‘quv yilida tamomlayotgan o‘quvchi-yoshlar uchun "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi


Tadbirda Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b J.Nasriddinov, litsey jamoasi va ota-onalar ishtirok etdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomida a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berilishi belgilangan.

Mazkur qarorga asosan Jizzax politexnika instituti akademik litseyining 6 nafar bitiruvchilaridan 1 nafari oltin va 5 nafari kumush medallar bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida 2024-yilning yilining eng yaxshi o‘quvchilaridan 10 nafari maxsus nominatsiyalarga ega statuetkalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2023-2024 o‘quv yilining ikkinchi yarmida "Rektor stipendiyasi"  sovrindorlari, "Akademik litsey iftixori" stipendiyasi sovrindorlari sertifikat va estalik sovg‘alari bilan,  sportning futbol turi bo‘yicha akademik litsey chempionati g‘oliblari hamda litsey “Zakovat” turnirining bahorgi mavsum g‘oliblari kubok, diplom va pul mukofoti bilan, 1 va 2 bosqichning  a’lochi va faol o‘quvchilari  tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Report Page