RASMIY MUNOSABAT
t.me/jizpi_onlineIjtimoiy tarmoqda "Talabalarga majburiy bilet oldirishmoqda" mazmunidagi xabar tarqatildi.
Jizzax politexnika instituti ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Joriy yilning 20-aprel kuni Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida namoyishi rejalashtirilgan "Nodirabegim" spektakli uchun talabalarga biletlar tarqatilgan. Ushbu holatda spektakl uchun bilet olish ixtiyoriy bo‘lib, talabalarni bilet olishga majburlanmagan.
Talabalardan bu kabi holatlarga duch kelsalar avvalo, institut ma’muriyatiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.