“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi tadbir

“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi tadbir


Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘linmasi ma’sul xodimlari bilan hamkorlikda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘linmasi ma’sul xodimi A.Sobirov, Jizax politexnika instituti proflaktika inspektori I.Bo‘riyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor N.Rasulova hamda fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Azimovalar ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi kunda har xil telegram botlari paydo bo‘layotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali bank plastik kartalarida sodir etilayotgan o‘g‘irlik va firibgarlik holatlari, shuningdek, yurtimizda ham yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilik qurboniga aylanib qolish holatlari ko‘payotganligi, ularning oldini olish uchun bir qancha qat’iy choralar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi videolahva namoyish etildi. Barcha talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Report Page