Jizzax politexnika institutida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 19-yanvar kuni tasdiqlangan “2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlarda yangi tahrirdagi konstitutsiya to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida Jizzax politexnika institutida 2024-yil 29-mart kuni fakultetlarda tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda talaba-yoshlarga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha tuzilgan savollar berildi. Har bir fakultet jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan tanlovda bir qancha talabalar berilgan savollarga javob berishdi. Tanlov yakunida natijalar quyidagicha bo‘ldi:
I o‘rinni Transport fakulteti 102-23 guruh talabasi Salimov Amir Shavkat o‘g‘li;
II o‘rinni Arxitektura va qurilish fakulteti 202-23 guruh talabasi Yorbekova Kamola Sanjar qizi;
III o‘rinni Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti 711-23 guruh talabasi Quvondiqov Otajon Serikbay o‘g‘li egalladi.
Tanlov yakunida faxrli o‘rinlarni egallagan talabalar diplom bilan taqdirlanishdi.