Dekan va yoshlar uchrashuvi
Birinchi va uchinchi sonli talabalar turar joyida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A.Berdiqulov, fakultet dekan o‘rinbosari J.Saidov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Fakultet dekani o‘z so‘zida institutda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, fakultet faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli tashkil etilgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.