Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi


Jizzax politexnika instituti “Servis” fakultetida Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshligʻi M.Xolbekova, fakultetning dekan o‘rinbosarlari, yetakchi va koordinatorlar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

Ma'lumot uchun: 1923-1924 yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda, so‘ngra Moskvada yashadi. Unga o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib professor ilmiy unvoni berildi. Adib ilk aspirantlarga rahbarlik qildi, Buxoroda musiqa maktabi ochdi. O’smirlik yillari u Mijmar («cho‘g‘don») taxallusi bilan, so‘ngra Fitrat («tug‘ma iste’dod») taxallusi bilan ijod qildi.

Fitratning «Muxtasar islom tarixi»(1915), «Ro‘zalar», «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Qiyomat» kabi asarlari diniy mavzuda yozilgan. Qomusiy bilim va badiiy iste’dod egasi bo‘lgan Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.



Report Page