🤔🤔🤔

🤔🤔🤔


Yangi yil🌲⛄️ yaqinlashgani sari yurtimizda "pirotexnika"💣vositalariga bo'lgan talab ortadi. Yangi yil bayramiga atab mushakbozlik qilishni istaydiganlar bo'lishi tabiiy. 


Shu o'rinda bir savol tug'iladi: pirotexnika vositalarini olib kelish qonunan ta'qiqlangan ekan, u qanday qilib yurtimizdagi "qora bozor"larda paydo bo'lmoqda. Hozir ham bir ko'rsatuv ko'rdim, yoshgina bola "paqildoq","salyut" kabi pirotexnika vositalarini savdo qilayotib qo'lga tushibdi. 

Aytishlaricha, aylanma yo'llar bilan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan pirotexnika vositalari davlatimiz hududiga kirib qolgan emish. 

Davlat hududiga kirish uchun o'zi ikki yo'l bor: 

1. Bojxonadan tekshiruvdan o'tib, tegishli bojlarni to'lash orqali qonunan ta'qiqlanmagan buyumlarni olib kirish;


2. Davlat chegarasi o'rnatilgan, belgilangan hududlarni noqonuniy ravishda kesib o'tish orqali kirish. 


Yana ba'zi ehtimol nazariyalari ham bor. Faqat bu nazariyalar juda ham haqiqattan uzoq. 

Bular:


1. Yerni qazish orqali chegara va bojxona nazarotisiz davlat hududiga kirib kelish, ya'ni kamida 3 km hududli yo'lni kavlab kelish😁 bunday qilinguncha 2-3 ta yangi yil o'tib ketadi-yov?!


2. Turli dronlar orqali havo yo'llari bilan mamlakat hududiga olib kirish, ya'niki moddiy-texnik jihatdan imkoni yo'q bo'lgan yo'l orqali pirotexnika vositalari bilan ichki bozorni ta'minlash. 


Izoh: ehtimollarimiz haqiqatdan yiroqligini tushunganingizdan hursandman. 😊


Masalaning asosiy tomoni nima deb o'ylayman? 🧐


Tun-u kun qo'riqlanadigan chegaramiz👮‍♂👨‍✈️va nazorat o'ta kuchli bo'lgan, zamonaviy texnalogiyalar bilan ta'minlangan bojxonalaramizdan "pirotexnika"vositasini olib o'tayotganlar kimlar ekan-a?!


Shahar bedarvoza emas, ammo ayrim darvozodagilarning "kattakon cho'ntagi" bor, shekilli?!


Xulosa: pirotexnika yaxshi narsa emas, ta'qiqlangan narsani sotish ham mumkin emas. Buni hammamiz juda yaxshi bilamiz. 


Meni tashvishlantirayotgan yana bir masala:

Pirotexnikadan boshqa narsalar olib kirilsa-chi? Deylik, pornografik🔞, zo'rovonlik, vaxshiylikni targ'ib qiluvchi materiallar yoki sovuq qurol⚔💣🛠va shunga o'xshagan narsalar. Ana shu narsalar bozorlarga chiqsa, balki chiqayotgandir ham😧😧.

 

Biz yo'q narsa haqida gapirmadik, misollar bilan keltirib o'ttik🙃. Darvozobonlar haqida esa "ayrim" so'zini keltirib o'tganimizni unutmanglar, chunki tunni tun, kunni kun demay Vatan tinchligi, Xalq manfaatlari, Millat kelajagi uchun fidoiylik qilayotgan minglab o'g'lonlar bor. Boringizga shukr akalar-ukalar.

Xalqimiz topib gapiradi: "guruch kurmaksiz bo'lmaydi". O'sha "kurmak"larni topish va qonun oldida javob berishini ta'minlash har birimiznining fuqarolik burchimizdir. 


Muallif: "Telba Yigit"