Farg‘onada yangi maktab binolari ochildi (foto)

Farg‘onada yangi maktab binolari ochildi (foto)

🌐OLTIARIQ_TV

— Bu yerdagi sharoitlarni ko‘rib, yosh bo‘lsam-u, yana yoshlarga saboq bersam, — deydi maktabning sobiq o‘qituvchisi, “Mehnat shuxrati” ordeni nishondori Dilbar Soxibova.

Foto: “Daryo”

Farg‘ona shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2000 nafar o‘quvchi taxsil oladi. Bugungacha darslar asosan sinf xonalari bo‘shashiga qarab smenali (navbatli) bo‘lar edi. O‘quv yilining boshlanishiga qadar shahardagi bir necha shu kabi maktablarda qo‘shimcha sinf xonalari bo‘lgan o‘quv binolari qurildi. Ularning asosiy binolari esa mukammal ta’mirlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Muhammadjon Obidov ma’lum qildi.

Yo‘ldosh bino 420 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, u fanlarga ixtisoslashgan 12 ta sinf xonalariga ega. Davlat dasturiga ko‘ra uni qurishga 2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi, — deydi 10-maktab direktori Shaxnoza Sodiqova.

Foto: “Daryo”

Bugun maktabning sobiq bitiruvchilari, ota-onalar, jamoatchilik vakillari ishtirokida 10-maktabning yangi o‘quv binosi tantanali suratda ochildi.

— Bu yerdagi sharoitlarni ko‘rib, yosh bo‘lsam-u, yana yoshlarga saboq bersam, — deydi maktabning sobiq o‘qituvchisi, “Mehnat shuxrati” ordeni nishondori Dilbar Soxibova.

Foto: “Daryo”

Farg‘ona shahridagi 39-maktabning yangi qurilgan binosi ham foydalanishga topshirildi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”