😯

😯

🌐OLTIARIQ_TV

Pora bilan qoʻlga tushgan tibbiyot birlashmasi boʻlim boshligʻi IIB xodimiga pora berishga urindi.

@oltiariq_tv


Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi tibbiyot birlashmasi boʻlim boshligʻi Q.X. oʻz xodimidan pora olish va IIB xodimiga pora berish jinoyatlarinisodir qilgani uchun qoʻlga olindi.

Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati maʼlum qildi, deya xabar beradi “Xalq soʻzi”.

“Xalq soʻzi” Shu yil iyulida Q.X. qoʻl ostidagi xodimi, hamshira Sh.B.dan 50 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda ushlangan edi. Shundan soʻng unga nisbatan JKning 214-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan. Biroq u IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi boshligʻi A.Roʻzimovga murojaat qilib, agar jinoyat ishini oʻzining foydasiga hal qilib bersa, unga taklif qilingan 50 dollarning 10 barobari miqdorida pul berishini bildiradi. Q.X. taklif qilgan pulining 400 dollarilik qismini boʻlinma boshligʻiga berayotganida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning oʻzida unga nisbatan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.