😯

😯

🌐OLTIARIQ_TV

Fargʻonada 12300 dollarni qariyb 100 million so‘mga o‘tkazayotgan valyutafurushlar ushlandi.


@oltiariq_tv

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanayotgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Fuqarolar R.N. va Sh.G‘. oldindan til biriktirib, valyuta savdosini amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu shaxslar Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘i markazida maxsus xaridorga 12 300 AQSh dollarini 99 million 937,5 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Fuqaro Sh.G‘. boshqaruvidagi Spark avtomashinasida 2 100 AQSh dollari borligi aniqlanib, huquqbuzarlardan jami 14 400 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Har ikki shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (“Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish”) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Report Page