...
Ijtimoiy tarmoqlarda 2024 yil 29 iyul kunki "Andijon, Oltinkoʻl tumani (Maslahat qishlogʻi) Xoʻja mahallasidagi uy bogʻchasi bolalari orasida sariq kasalligi tarqalgani aytilmoqda" sarlavhasi ostida berilgan murojaati yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruhining o‘rganish yakuniy natijlariga ko‘ra quydagilarni ma'lum qiladi.
📌Oltinkoʻl tuman Xoʻja mahalla fuqarolar yigʻinida (MFY) joylashgan “Diyor bolajon” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 2024 yil 17 iyul kuni 1 nafar tarbiyalanuvchida virusli gepatit A kasalligi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida shoshilinch xabarnoma Sanepidqoʻmita Oltinkoʻl tuman boʻlimi kelib tushganidan soʻng Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi D. Nishonova boʻlimga chaqirilib surishtiruv ishlari oʻtkazilgan (tadbirkorlik subʼektlarini nazorat qilish tartiblariga rioya qilgan holda) va haqiqatda ushbu Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 1 nafar tarbiyalanuvchi Virusli gepatit A kasalligi bilan ogʻriganligi va 2 nafar tarbiyalanuvchi muassasaga kelmaganligi aniqlanib, mudiraning roziligi bilan 2024 yil 17 iyuldan 2024 yil 1 avgust kunigacha muddatga, virusli gepatit A turini muassasada tarqalib ketishini oldini olish maqsadida faoliyati vaqtinchalik muddatga toʻxtatilgan va shu kunning oʻzida Sanepidqoʻmita Oltinkoʻl tuman boʻlimi tomonidan ushbu muassasada zararsizlantirish ishlari oʻtkazilgan.
📌Xoʻja MFYdagi Maslaxat oilaviy shifokorlik punktiga (OSHP) Xoʻja MFYdagi aholi oʻrtasida virusli gepatit A turini oldini olish va erta aniqlash oʻz vaktida shifoxonada yotqizish va Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini kunlik dezinfeksiyasini oʻtkazish boʻyicha aloqa xati chiqarilgan.
📌2024 yil 17 iyul kunidan shu kungacha 4 nafar tarbiyalanuvchida virusli gepatit A kasalligi gumon qilinib tuman yuqumli kasalliklar boʻlimiga yotqizilgan, xozirgi kunda 3 nafari shifoxonada davolanmoqda, 1 nafar tarbiyalanuvchi sogʻlomlashtirilib uyiga javob berilgan.
Bemorlar bilan muloqotda boʻlgan 45 nafar bolalar Maslahat Oilaviy shifokorlik punkti xodimlari tomonidan 35 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan va koʻrikdan oʻtkazilgan.
❗️Yuqoridagilar chop etilgan xabarlarni xaqiqatda tasdigʻini topmaganligini va Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi xabarlar tarqatishda asoslangan maʼlumotlarga tayanishni muhimligini takidlaydi.
☑️Xozirgi kunda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.