...

...

@Qashqadaryo_kadastr

Kadastr agentligi tizimidagi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash borasida mavjud muammolarning yechimi bo'yicha ishlarni kuchaytirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdushukur Abdullayev Qashqadaryo viloyatida kadastrga oid murojaatlarning ijrosini ta'minlash bo'yicha qilinayotgan ishlarning holati bilan tanishdi.

"So'ngi yillarda aholining huquqiy savodxonligi yanada rivojlandi. Eskicha ishlash usulidan kechishimiz shart" dedi Agentlik direktori o'rinbosari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar bilan o'tkazilgan yig'ilishda. — "Murojaat bilan kelgan fuqaroga tezroq kabinetimdan chiqib ketsa edi deb emas, uning muammosining ichiga kirib, vakolatimizga kirmagan taqdirda ham shunchaki bizga taaluqli emas degan tushunchaga bormasdan murojaat toki egasigacha yetib borgunicha jonbozlik ko'rsating. Fuqaro u uchun ter to'kkaningizni his etsin". deya ta'kidladi Abdushukur Abdullayev.

Shuningdek, yig'ilishda viloyat boshqarmasi hamda tuman filiallari, bo'limlarida faoliyat yurutayotgan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati muhokama qilindi.

Ishchi-xodimlarga korrupsiya va u keltirib chiqaradigan oqibatlar haqida tushuntirish berildi.

Mavzuga doir: Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash shubasi mas'ul xodimlari uchun o'quv seminari tashkil etildi.

Report Page