👍

👍

🌐OLTIARIQ_TV

O‘zbekistonda ikki yil ichida 50 dan ortiq kinoteatr quriladi


O‘zbekistonda 2019-yil oxirigacha 50 dan ortiq kinoteatr quriladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Hozirda uchta — yozgi, bir va ikki qavatli kinoteatrlarning namunaviy loyihalari tasdiqlangan. Oxirgi ikki loyihaga asosida quriladigan binolarda har biri 50 o‘ringa mo‘ljallangan ikkita zal bo‘ladi.

Ayni paytda loyihani moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Milliy bank namunaviy loyihalardan birini tanlab olib, mazkur kinoteatrlarni qurish va tasdiqlangan standartlar asosida jihozlashga tayyor bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli — 7 foizli kredit beradi.

“Bu kinoteatrlar qanday qurilmalar bilan jihozlanishini o‘rganib chiqyapmiz, lekin ular davr talabiga muvofiq bo‘lishi shubhasiz. Kinoteatrlar faoliyatini tashkillashtirish uchun ularni yangi milliy va xorijiy filmlar bilan ta’minlaydigan maxsus Ijara markazi tashkil etiladi. Keyinchalik yagona chipta tizimi paydo bo‘lishi, chiptalarni internet va mobil dasturlar orqali sotilishi ko‘zda tutilgan”, — dedi “O‘zbekkino” milliy agentligi texnik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Muhammedov.