😲

😲

🌐OLTIARIQ_TV

Qozog‘istonda yana bitta yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi...


Qozog‘istonning Ayag‘oz – Semey trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi, deb xabar beradi Tengri News.
YTH Jarmin tumanida yuz bergan.

Ayag‘oz – Semey trassasida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik tufayli yo‘lda to‘xtab qolgan. Yo‘lovchilar boshqa avtobusga o‘tkazilib, manzilga yetkazilgan. Buzilib qolgan avtobusda faqat ikki haydovchi qolgan. Ular texnik nosozlikni bartaraf eta olmagach, avtobusni tashlab, ortga qaytadi. Shuning uchun ham yong‘in chiqqanda salonda hech kim bo‘lmagan.

Yong‘in sabablari ma’lum emas. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.