𝗪𝗜𝗟𝗗🔞 (ʏᴏᴠᴠᴏʏɪ)

𝗪𝗜𝗟𝗗🔞 (ʏᴏᴠᴠᴏʏɪ)

#𝗣𝗮𝗿𝗸_𝗬𝗼𝗻𝗮

#WILD #1qism


Busan. Janubiy Korea. 2024.

Biroz tartibsiz hona. Ba'zi kitoblar dars tayyorlash uchun mõljallangan stol ustida. Ba'zilari kichik javon ichida tartibsiz holatda. Devorda osilgan eskiroq soat millari ğashga teguvchi chiqqillash bilan yotoqda ustida ochiq holatda uhlayotgan qizning uyqusini buzib yubordi

- Jin ursin, - Yeobin yangi kunni doimgidek asabiy kutib oldi. Yuzidagi sochlarini tartiblab allaqachon 7ni kõrsatayotgan soatga qaragancha ğinshidi.

Har doimgidek oddiylik bilan boshlangan kun. Õrnidan turib oyoği ostidagi oq varoqdagi chizma suratlarni olish uchun egilgan qiz eshigi ortidan oyisining ovozini eshitdi.

- Yeobin! Soat necha bõlganini bilasanmi?!

Yeobin varoqlarni olmay turib asabiy uh tortdi.

- turdim.. hozir tushaman..

- birinchi kundan õqishingga kechga qolmoqchi bõlmasang tezroq harakat qil!

Kang honim doimgidek unga nisbatan qõpol. Yeobin esa bunga õrganib ketgani sabab buni oddiy holdek kõrardi.

- bilaman.. - qiz chizmalarini stoli ustiga qõyib yuvinish honasiga kirib ketdi

- ishda ehtiyotkor bõl, biror bir kichik hato sabab Chan qamalib ketishi mumkin!

- hali ishga bormasimdan qõpollik qilmasangiz yaxshi bõlardi.. birinchi kundan pand beradi deb õylayabsizmi?!

Nonushta mobaynida qiziga yana qõpollik qilayotgan Kang honimning gaplariga shunchaki bosiqlik bilan javob bergan qiz stakandagi choydan biroz hõplab ovqatlanishda davom etdi.

- shifokorlarni umuman jinim suymaydi.. sen la'nati shuni bila turib gapimga quloq solmay baribir shu sohani tanlading!

- agar ular bõlmasa kasal holingizda kim sizga yordam beradi? Biror bir halokat bõlsa kim sizni vaqtida saqlab qola oladi?

Yeobin oyisining nafrat bilan aytayotgan gaplariga chiday olmay baqirishga tayyor edi biroq bu safar ham õzini bosib gapirdi.

- ulardan foyda bõlganida sening otang õsha halokatdan keyin aperatsiyadan õlik holda chiqmas edi!!

Kang honim asabiylashib finjonidagi issiq choyni qiz yuziga sepib õrnidan turib ketdi.

- yetimcha! Tezroq kõzimdan yõqol!

Yeobin kiyimining yengiga kuygan yuzini artib kõzlariga kelgan yoshlarni kõrsatmaslik uchun darhol sumkasini oldida uydan chiqib ketdi. Kichik uy ichidan otilib chiqgan qiz tezda tor kõchadan burilib katta yõl tomon yugurdi

*Otam. 16 yosh edim. Õsha mudhish kundan sõng yolğiz qoldim. Bu voqeaga bir yil bõldi. Hozir 17 yoshdan oshganman. Bundan avval onamdan ayrilgan edim biroq men uchun õgay ona keldi. Otam tirik vaqti u mehribon biroq hozir har bir sõzlari haqoratli. Yetmaganiga qayta turmush ham qurib olgan. Bularga chidashga majburman. Uning eri meni kafilligiga olgan. Shu sabab ishimdagi nojoya hato sabab u qamalib ketishidan qõrqyabdi. Meni uydan hayday olmagani uchun ham har soniyada mendan nafratlanadi.

Avtobus bekati yonida tõhtagan qiz kutish uchun mõljallangan õrindiqga joylashib sumkasidan quloqchinlarini oldi. Sokin musiq qõyib kõzlarini yumdi. Endi biroz yaxshi. Insonlarning ovozlarini ham ğashga teguvchi kõcha tovushlarini ham eshitmayabdi. Qiz õrindiqga yaxshiroq joylashib boshini ortga suyagancha hõrsindi.



-TimeSkip - 11:39- _Markaziy Shifoxona_


- Yeobin? Maktab vaqting bõlib qolibdi endi ketsang bõlaveradi..

Oq halatdagi Lee honim ishlatilgan ignalarni paketga solayotgan qiz yoniga kelib gapirdi.

- Lee honim, - Yeobin muloyim ohangni eshitishi bilan ortiga qarab keng tabassum qildi - endigina ruhsat sõramoqchi edim..

Yeobin qõlidagilarni axlat qutisiga tashlab tezda oq halatini yechishga tushdi.

- bitiruvchi sinfsan õqishlaringga yaxshilab e'tibor ber..

Ayol shoshilgancha tayyorlanayotgan qiz yelkasiga yengilgina urib honadan chiqib ketdi. Sumkasini yelkasiga ilgan Yeobin ham darhol uning ortidan honadan chiqib maktabi tomon shoshildi.


Jin ursin. Qõl soatimni kõrgach yuzim burishib yugurishga tushdim. Soat allaqachon 12ga yaqinlashib bõlgan edi. Bir soniyaga ham kechga qolmasligim kerak yõqsa yana qora rõyhatga tushaman.

*11:53*

- qani tezlashing!

Maktab darvozasi oldida hushtak chalayotgan erkak qõlidagi kichik qizil tayoği bilan ishora qilgancha õquvchilarni ichkariga shoshiltirardi.

*11:59*

- Kang Yeobin qani bõlaqol! 15 soniya qoldi..

Axx yana kechga qoladiganga õxshayman. Bor tezligini bilan yugursam ham yetib borolmayman. Jin ursin*

- 3 soniyaga kechikding..

Erkak hansiragancha tizzalarini ushlab kirish darvozasi yonidagi qizga gapirarkan hafsalasizlarcha bosh silkidi. Yeobin yana bir bor chuqur nafas olib olgach boshini kõtarib erkak tutayotgan qoğoz va ruchkani qõliga oldi.

- menga bunday qaray kõrma, - erkak unga qadalgan sovuq nigohlardan qochgancha maʼlum qildi

Yeobin chuqur uh tortida qoğozga õz ism va familiyasini yozib uni qayta erkakcha tutqazdi. Keyin esa sochlarini tartiblab tushib ketgan kafshonkasini tõğirlagach sinfi tomon yugurdi.




- Janob Chan - stol ustida õtirgan ayol atayin mulozamat bildirib jilmaygancha eriga choy tutqazdi

- rahmat Kang honim

Chan uzatilgan choyni olarkan ayoliga jilmayib qõydi. Sõngra uni stol ustiga qõyib Kang honim tomon qaradi

- direktorimiz Janob Kimni bilasan tõğrimi?

- albatta - Kang honim biror muhim gap borligini payqab eri tomon yaxshiroq surilib oldi

- uning õğliga merosxõr kerak ekan

Janob Chan gaplarini ikkalangancha aytar edi.

- hõsh? - qoshlarini chimirdi ayol - biz qanday yordam berishimiz mumkin?

- õğli hali bõydoq, u mendan Yeobin haqida sõragan edi

Chan unga tikilib qolgan ayoliga bir muddat qaragancha jim turdi. Keyin esa chuqur nafas chiqarib uning qõllarini ushlab kaftlari orasida silaganicha gapira boshladi

- azizam u allaqachon ulğaygan.. jiddiy va aqilli qiz.. ularning oilasiga juda ham mos

- ammo uni shunday berib yubormaymizku!

- Yeobin u yerda ham havfsiz ham boy va hech qanday kamchiliklar siz yashay oladi ahr.. tushunsangchi

- bularni bilaman.. men.. - ayol ichidagi aytmoqchi bõlgan sõzlarini asabiylashgancha tahlil qila boshladi - Yeobinni berganimizdan sõng biror nimaga erishamizmi?

Ayolining maqsadini tushungan Chan biroz kuldida choyidan hõplagancha hotirjam bõldi

- qõrqma.. Janob Kim Yeobin evaziga katta pul taklif qilgan


-Timeskip-


Ishlash uchun kichikroq hona. Biroq qulay. Kun ancha kechkirgani sabab hona biroz qoronğu aksiga olib chiroq ham õchdi

- axx endi nima qildim..

Yeobin qõllari bilan sochlarini siqib hõrsindi. Stol ustidagi ishlagan suratlarini olgan qiz sumkasini yelkasiga ilgancha honadan chiqib ketdi. Maktab ichi ham yetarlicha qoronğu. Deyarli barcha ketib bõlgan. Ustozini habardor qilib qõyish maqsadida burchakdagi hona eshik dastagini buragan Yeobin honada hech kim yõqligini kõrdi

- shu yetmay turgandi - u qõl telefonidan kerakli raqamga qõnğiroq qilishga tushdi. Qisqa chaqiruvdan sõng õrta yoshli erkakning ovozi yangradi

- men uyga ketayotgandim ustoz, chiroq ham õchib qoldi

- albatta, festivalgacha chizmalar tayyor bõladi - telefon ortidan javobni eshitgan qiz hotirjam bõlib qõnğiroqni yakunlagach maktabdan chiqib ketdi.


***


Katta va hashamatli qõrğon. Uyning har bir burchagida kõplab qõriqchilar. Uy atrofida esa undanda kõp. Kimlar honadonida kechgi ovqat vaqti. Kechlik uchun ajoib tarzda bezatilgan stol boshida Kim honim, tõrida esa Janob Kim. Ular hozirgina hizmatkorlar tomonidan olib kelingan issiq taomlarni tanovvul qilisharkan katta darvozalar ochilgan ovozi ularni chalğitdi

- õğlingiz keldi - Kim honim tashqariga ishora qilib qõlidagi sanchqini qõydi

Janob Kim mashina ovozini eshitgach bosh silkib ovqatlanishda davom etdi

- hayrli kech - eshikdan kirib ichkariga kirib qadam bosgan yigit ota-onasining yuzidagi jiddiylikni kõrib tomoq qirdi

- ahvoligiz yaxshimi? Biror muammo bormi?

Yigit kõz ostlari birozgina qorayib qolgan oyisining yuzidan õpib qõygach uning yelkasidan ushlab havotirli ohangda sõradi

- oying yaxshi, hech narsa bõlgani yõq - janob Kim biroz jilmayib unga nigohlarini qaratgan õğliga malum qildi - kiyimlaringni alishtirib tush, ovqatlanib ol

- yaxshi..



- õğlim sen bilan gaplashib olmoqchi edim

Janob Kim sanchqi bilan gõshtni maydalayotgan õğli tomon qaradi. Sõngra unga tikilib turgan Kim honim tomon yuzlandi

- azizam, bizni yolğiz qoldira olasanmi?

- mayli.. yoqimli suhbat - Kim honim sekinlik bilan õrnidan turib honasi tomon ketdi

- biror muammo bormi?

Yigit tomoq qirib jiddiy ohangda savol bergach ovqatlanishda davom etdi.

- oyingning 2 yil umri qolganini bilasan

Janob Kim hõrsinib gap boshlagan zahoti õğli ham sanchqini qõyib sekingina qõllarini peshonasiga tirab hõrsindi.

- bilaman dada,

- sen bizning yagona õğlimizsan, oying õlimidan avval nevarasini bağriga bosishini hohlar edim

- uylan demoqchimisiz? - sõradi yigit yuzini dadasi tomon burib

- shunday.. shu hafta ichida uylanishing kerak

- hali uylanish niyatim yõq - yigit õrnidan turib zinalar tomon yura boshladi.

- oying uchun rozi bõlishing kerak! Bundan tashqari yoshing ham 27da!

Hamon stol ustida õtirgan Kimning sõzlari yigitni joyida tõhtatib qoldi.

- yagona orzusi shu ahr! Iltimos õğlim

Yigit zina poğonalariga biroz tikilib turgach kõzlarini yumib hõrsindi. Sõngra ortiga õgirilib qayta otasi qarshisiga joylashdi

- men.. Janob Kang bilan kelishib qõyganman

- tushunarli..

- qizi sen uchun merosxõr dunyoga keltirib beradi

Yigit otasining kõzlariga bir muddat savolli tikilib turdi.

- ismi Kang Yeobin, 17 yoshda..

Janob Kim õğlining qoshlari chimirilganini kõrib "nima?" deganday boshini burdi.

- uni õzi hali gõdak ekan, qanday qilib farzand dunyoga keltira oladi?

- u juda kuchli va irodali qiz, uni yaxshi taniyman, aslida ota-onasi vafot etgan, Janob Kang uning õgay otasi

Keyingi sõzlarni eshitgan yigit kesatiqli kulib lablarini yaladi

- adashmasam Janob Kang oddiy ishchingiz, menimcha õgay qizi uchun unga pul taklif qilgansiz shuning uchun ham buni e'tirozlarsiz qabul qilgan shundaymi?

- ular yaxshi odamlar, ertaga kechgi vaqt qizni olib ketish uchun boramiz..!

Janob Kim stuldan turib zinalardan kõtarilayotgan õğli tomon baqirgudek gapirib qolib ketdi.


***


- men keldim - uy ichiga kirish barobarida kelganini malum qilgan Yeobin sumkasini õsha yerdagi divan ustiga tashlab uh tortdi

- gaplashib olishimiz kerak

Qõlida telefon tutib olgan ayol yon honadan chiqib kõrinish berdi

- charchadim, ertaga maylimi?

Qiz gavdasini ham sumkasini tashlagan divan ustiga tashlagach kõzlarini yumib oldi.

- yõq, muhim masalada, ortimdan mehmonxonaga kir!



- nima deyotganingizga õzingiz tushunyabsizmi?!

Allaqachon õgay oyim aytgan gaplardan jahlim chiqgandi. Õzimni boshqarolmay stolga zarba bilan qõlimni urib ularga õshqirdim.

- gap tamom! Hech qanday qarshiliklarsiz rozi bõlishga majbursan!

Õgay oyimning gaplaridan sõng õzimni boshqa tutib turolmaslikni anglab honadan zarb bilan chiqib ketdim. Ortimdan eshitilayotgan haqoratli sõzlarni eshitarkanman alamli kõz yoshlarimni jahl bilan artib sumkamni olgancha õz honamga kirib eshikni qulfladim.

- ayshsh nima?! Meni õzim tanimagan bir insonga roziligimsiz turmushga berishmoqchi bõlishsayu men indamay hõp deyishim kerakmi?!!

Oğzimdan chiqayotgan haqoratli sõzlar honamni tõldirdi. Jahlim burnimni uchida turadi. Õzimni hech qachon boshqara olmayman. La'nati

- qayerda qoldi endi bular!?

Festivalga chizib tayyorlashim kerak bõlgan chizmalarimni javondan asabiy izlashga tushdim. Axx vanihoyat! Ularni topdim. Kitoblarim orasidagi chizmalarimni qõlimga olgach tungi chiroğim yonib turgan stolga joylashdim

- hõshsh.. endi rasm tanlab olishim kerak!

Hozirgi vaziyatda õzimni chalğitishga urindim. Ikki qõlimni boshimga tirab nigohimni ustiga qalamimni qõygan oq listga qaratdim. Albatta telefon kerak bõladi. Telefonimni yoqgach internet sahifasidagi katta gavdali, bõrtma tõrtburchak shakldagi presslarga ega bõlgan va mushaklari õzlaridan ham katta bõlgan "Manhwa" qahramonlariga qarab beihtiyor yuzimda iljayish paydo bõldi. Ular shu qadar kelishkanki dunyoda bunday yigitlar bõlishiga ishonmasdim. Yigitlarga bõlgan qiziqishim ham shular sabab ancha oldin yõqolgan. Allaqachon ularga mubtalo bõlib ulgirgandim. Manhwalardagidek bõyi mendan uzunroq.. jiddiy.. kuchli va yoshi mendan katta bõladigon bõlsada kelishkan bõlishini istardim. Ammo bunday yigit qayerda bõlsin?! Bulardan voz kecholmayman buni hohlamayman ham biroq keyinchalik shu sabab õzimni qiynab qõyishimni bilardim



-Times-Skip- 1kundan sõng. 20:46



- õğlim qayerdasan? Kechagi gapim yodingdami?

Janob Kim biroz asabiylashgan holatda telefondan õğliga gapirarkan bir-bir qõl soatiga qarab qõyardi

- kechroq yetib boraman.. ketavering

Janob Kim õğlining gaplarini eshitgach yonidagi ayoliga hafsalasiz tikilib õğli nima deganini bildirganday bõldi

- yaxshi faqat kechga qola kõrma..

- tushunarli.. havotirlanmang

Qõnğiroq yakunlangach Janob Kim telefonini kostyumi chõntagiga joylab ayoliga nim tabassum bilan uning yelkasidan qõlini õragancha bir qõlini bilan uning kaftidan tutdi

- yuraqol azizam.. u biroz kechikar ekan




Chizmalarim bilan ovora bõlib õtirgan vaqtim honam eshigi qattiq ochildi. Bu kim ekanligini tahmin qilib kafshonkam sabab yuzim kõrinmagani uchun kõzlarimni olaytirdim

- hoy senga tayyorlan demaganmidi?!

Õgay onam menga õshqirib katta qadamlar bilan men burchakda õtirgan stolim yoniga kelib turdi. Uning asabiylashayotganini honamdagi sukutni buzgan nafas olishidan sezib turardim. Biroq yuzimni kõtarishni istamay ishimda davom etdim.

- senga gapiryabman! Quloğing kar emas buni bilaman!

- nima kerak? - qiz yuzini sovuqlik bilan kõtarib savol berdi

- nima kerak? Nima kerak deyabsanmi?!

Axx hayollarim chalğidi. Tamom! Endi fikrimni jamlashim qiyin bõladi. La'nati. Manashu jodugar sabab endi chizmalarimni qaytadan chizaman. Bittasini ohirga yetkazmaguncha õrnimdan tura olmayman. Agar hayolim bõlinsa darhol asabiylashib varoqni ğijimlangan dõstlari qatoriga uloqtirib ularni qaytadan chizaman. Mana yana shu sabab asabim buzildi. Endi ikkimizni ham jahlimiz chiqayabdi.

- meni hazillashyabdi deb õyladingmi?! - Kang honim qizning boshidagi kafshonkasini qõpollik bilan tushirdi - yuzingga biroz tabassum olib atrofga nazar tashla! Boshqa qizlardek nafislik degan tushunchalar bilan tanishib chiqsang bõlardi! Bejirim kõylaklar va taqinchoqlar taq! Xushmuomala bõlishga urin! Manabu ustingdagi qop sifat buyumlarni yechib qizlardek bõl!!

Yana shu sõzlar! LA'NATI YANA SHU SÕZLAR!! Õzimni bazor bosib turibman. Qõpollik qilib qõyishdan bazor õzimni tiyib tepamda menha yana õsha doimiy qaytaruvchi nasihatlarini qõllarimni musht qilgancha eshitishga majburman!

- biroz asabingni jilovlashni õrgan!! Yana qaytaraman insonlarga nisbatan xushmuomala bõl!! Men senga achinganimdan gapiryabman! Bu hulqing bilan Kimlar honadonidan haydalishing mumkin!

Uning maqsadi shu edi albatta. Vanihoyat ochiğini aytdi. Ha ular uchun katta pul berilgan shu sabab yoqmay qolishimdan havotirlanyabdi! Psix* insonman! Hozir uni bõğzidan olib õldirib qõymaslik uchun hali bitib ulgirmagan yara lablarimni qattiq tishlab qon chiqarishga ham ulgirgandim.

- yovvoyi hayvondek manashu jin urgur chizmalaring bilan birga burchakda õtiraverma!

- Jin ursin!! Ha men shunday yovvoyiman! Shuning uchun mendan uzoq yuringlar.. tinch qõyinglar!!

Sabrim yetmadi. Zarb bilan õrnimdan turib unga õshqirgancha honamdan chiqib ketdim. Ming la'nat. Ortimdan darhol uchib chiqgan ayol hudiyim ortidan ushlab tortib õziga qaratib oldi

- qayoqqa ketyabsann??! - tishlari orasida vishshillagancha gapirdi ayol - hozir Janob Kim oilasi kelayabdi! Hoziroq honangga qaytib tayyorlan! Kiyimlar yotoğing ustida!

U meni zarda bilan honamga itarib eshikni berkitib qõydi. Asablarimni jilovlay olmay honamni tõldirgancha õshqirib eshikga musht tushirdim

- eshikni oching!!!

Foydasiz! Sochlarimni barmoqlarim orasiga olib yulib olgudek qilib tortdim. Õzimni ham ayamayman! Jonim oğrisa ham õzimni boshqara olmay qolaman! Keyingi vaqtda lablarimdagi qon tamini sezib yuzlarimni timtaladim.

- Ming la'nat! Ming la'nat! MING LA'NAT!!!

Eshikga ortim bilan suyanib barmoqlarimni ikki bilagimga botirgancha nafas olishimni tartibga keltirishga urindim. Nigohlarim yotoğim ustidagi kõylakga tushishi bilan yuzim ğalati tus oldi. Darhol õrnimdan turib uni qõlimga oldim. Och rangli, yengsiz va tizzadan biroz tushgan etagi keng kõylak. Bir qaraganda chiroyli, barcha qizlarning kõzini quvontira oladi. Lekin bu men uchun bemanilikdan boshqasi emas

- Shu kõylakni kiyamanmi??

Yuzim burishib uni yotoqga qayta uloqtirdim. Biroz oldin õgay onam aytgan gaplarni eshitmaganday yana stolim ustiga qayta joylashdim. La'nati. Chala qolgan chizmamni kõrishim bilan asabim buzilib uni ğijimlagancha qaysidir burhakga uloqtirib yubordim. Yana qaytadan boshlayman endi. Endigina yangi varoqni olib stulimga joylashmoqchi bõlganimda uyimiz ichkarisidan kelgan ovozlar meni õylantirib qõydi. Õgay oyim shoshilgancha dadam*ga bir nimalarni gapirib yangi tuğilgan polapondek shoshilardi. Menimcha kutilayotgan mehmonlari kelgan. Kõzlarimni yumib stulimga joylashgan vaqtim eshik qulfi ochilayotganini sezib u tomon õgirildim

- sen?! - eshikni ochgan Kang honim hali ham biroz avvalgi holatda õtirgan qizni kõrib qoshlari uyildi - senga tayyorlan demaganmidim?! Ahmoq qiz!

U tõğri ustimga bostirib kelib sochlarimni changallab oldi. Hozir unga qarshilik kõrsatishni hohlamayman. Agar biror bir harakat qilsam aqlim ishlamay asabimga yengilib uni bir nima qilib qõyishim aniq

- ular kelishdi! Darhol aftingni tõğirlab kõylakni kiyda yuzingga biroz tabassum olib pastga tush! Tushunarlimi?!

Javob berishni istamadim. Shunchaki bodh silkidim. Buni qilmasligim aniq. Biroq hozirgi õylagan rejam uchun uni ketgazib yuborishim zarur.

- õzingni nafisroq tut.. Janob Kimning õğliga yoqishing shart?

U ohirgi sõzlarini quloğim ostiga kelib pichirlab aytgach kõz ostidan unga qaradim. U jirkanch jilmaygancha sochlarimni qõyib yuborib honadan chiqib ketdi

Darhol õrnimdan turib sumkamga barcha kerakli chizmalarim va qalamlarimni solgach stol ustidagi telefonimni qõlimga olib oyna tomon bordim. Uni sekingina ochib atrofda hech kim yõqligiga amin bõlganimdan sõng sekingina oshib pastga tushdim. Orqa hovlimiz qoronğu edi. Eshikdan chiqgach tezda yõl burchagidan yugurib ketdim. Agar birozdan keyin õgay oyim* honamga kirib yõqligimni kõrsa qay ahvolga tushishini tasavvur qilib iljaydim. Yõq! Ular shunchaki mendan mansab uchun foydalanishlariga qõyib bermayman! Endigina 17 yoshga kirib katta hayotga qadam qõyish u uchun osondek! Yetmaganidek farzand dunyoga keltirish uchun!!


Yõl uzun edi. Chiroqlar yõlni aniq kõrsatib turardi. Õylarim bilan sekinlashib qolganimni ham sezmabman. Bizda.. tõğriroği dadamlarda* mashina bor. Ketganimni bilishgach shu yõl bilan darhol ortimdan quvib kelishlari aniq! Kafshonkamni doimgidek bostirib kiyib qoronğu yõl bõylab yugurishga tushdim. Yaxshiyamki yõllar tekiz. Keyingi burilishga burilib yugurishda davom etarkanman qarshimdan chiqgan mashinani kõrib sevingancha tõğri uning qarshisiga turib oldim. Oyoqlarim tagiga kelib tõhtagan mashinaning signal ovozi endigina õchgandi. Darhol old õrindiq tomon borib oynani taqillatdim. Mashina eshigi ochilgach õrindiqga joylashib sumkamni quchoqlab oldim

- iltimos tezroq haydang!

- aqlingni yeganmisan?

Sovuq ohangda berilgan savolga ensa qotirgancha ruldagi insonga qaradim. Qoronğulik sabab uning yuzi kõrinmasdi

- kechirasiz men tezroq ketishim kerak.. hayday olasizmi?

- men shaharga ketmayabman..

- unda.. - Yeobin asabiy õylanib yutindi - mayli sizni kutib turaman.. keyin shahar tomon olib borib qõyasizmi?

U javob bermadi. Mashinani indamay yurgizdi. Ichimdan hursand bõlgancha chuqur nafas chiqardim. Shu zaylda õrindiqga qulayroq joylashib uhlash uchun kõzlarimni yumdim. Qutilganim uchun ichimda Hudoga shukurlar õqirdim.


Quloğim tagida tinmayotgan shovqinlar sabab uyğonib ketdim. Kõzlarimni ishqalab yotib qolay degan õrindiğimga tõğirlanib avval haydovchiga qaradim. Yuzi endi biroz kõrinayotgandi. Uning qõllari rulda va jiddiy yuzi tõğriga yõnaltirilgandi. Hech narsaga tushunmay u qarayotgan tomon nigohlarimni olib õtdim. JIN URSIN!!! B-bu uyimku!! Kõzlarim qinidan chiqgudek bõlib oyoq qõllarim qaltirab ketdi. Darhol haydovchi tomon qarab baqirdim

- HOY!!! Nega meni bu yerga olib keldingiz?!!

Joyimda õtirolmay tipirchilayotgan qush bolasidek tuyilardim õzim uchun. Uyimiz chiroqlari yoniq atrofda esa sõnggi rusumdagi mashinalar turardi. Bu õsha Kimlarning mashinasi! Uning yonidagi õgay ota-onam tinmay bahslashishardi. Ular biz kelgan mashinani sezishlari bilan shahdam qadamlar ila tõğri biz tomon bostirib kela boshlashdi. Ming la'nat!

- kimsiz?!! Nima oyimga ishlaysizmi???! Bazor qochgan edim!!!

Jahlimni bosolmay ovozim boricha baqirdim. Biroq uning yuzi õzgarmadi. Sekin harakat bilan men tomon qarab biroz kuldi.

- demak mening õynoqi hotinim..


1qism tamom.

Author_Park Yona

Fanfikning qolgan qismlarini Cosmos_Fanfics kanalidan topasiz!




Report Page