ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA
ELEKTR LAMPOCHKALARI TARIXI
Elektr lampochkasi ixtirosining dastlabki “uchqunlari” 1840-yillarga borib taqaladi. Parijda oʻqib, Londonda ilmiy ishlar olib borgan normandiyalik olim Uorren De La-Ryu (1815–1889) avval rasadxona, soʻng qogʻoz ishlab chiqarish fabrikasini yuritadi.
Uorren De La-Ryu 1840-yilda vakuumli trubkaning ichiga sim ulab, elektr qarshiligi tufayli yorugʻlik paydo boʻlishini tajriba qilib koʻradi. Uning aynan mana shu tajribasi keyinroq elektr lampochkasining ixtiro qilinishiga sabab boʻlgan.
Mazkur tajribani keyinroq Genrix Gebel (1818–1893) ismli germaniyalik soatsoz usta, oʻz yoʻnalishida ixtirochi boʻlgan tadbirkor yana-da takomillashtirgan.
1878-yilda ingliz olimi Jozef Svan (1828–1914) shisha kolba shaklidagi birinchi lampochkani ishlab chiqdi. Kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama “koʻmir sim” shaklida boʻlib, yorugʻligi juda kuchsiz boʻlgan.
1879-yilda esa ixtirochi Tomas Edison (1847–1931) ham hozirda biz ishlatadigan, xoʻjalik buyumiga yaqinroq boʻlgan lampochkani ixtiro qildi. Biroq uning ixtirosida Svanning tajribalari asos boʻlib, Tomas uni yana-da takomillashtirdi.
Natijada u 1880-yildan boshlab donasi 2,5 dollar boʻlgan lampochkalarning dastlabki koʻrinishini ishlab chiqarib, aholiga sota boshladi.
Oradan biroz vaqt oʻtgach, Jozef Svan bilan Tomas Edison oʻz mablagʻ hamda bilimlarini birlashtirishga qaror qilishdi va «Edison end Svan Yunayted Elektrik Layt kompani” tashkilotiga asos solindi.
Imomov Xurshid

Report Page