ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA
Ramazon oyida boʻlgan muhim voqealar
Ramazonning birinchi kuni:
- Hazrati Ibrohimga (alayhissalom) sahifalar tushirildi; milodiy 624-yili 26-fevralda (hijriy 2 yil) musulmonlar ilk bor ramazon roʻzasini tuta boshlashdi; milodiy 641-yili 13-avgustda (hijriy 20 yil) Misr fath etildi.
Ramazonning ikkinchi kuni:
- hijriy 82 yili Ramazon oyining ikkinchi kuni Magʻribul-Asvat (Marokash) davlati fath etildi; milodiy 750-yil 13-aprelda (hijriy 132-yil) Abdulloh Abul Abbos Damashqni egalladi, umaviylar hukmronligi tugatilib, abbosiylar davlati qurildi.
Ramazonning uchinchi kuni:
- milodiy 632-yil 21-noyabrda (hijriy 11 yil) Paygʻambarimizning (alayhissalom) qizlari Fotimai-Zahro (roziyallohu anho) vafot etdi.
Ramazonning toʻrtinchi kuni:
- milodiy 1664-yil 12-aprelda (hijriy 1074-yil 4-Ramazon) Usmoniylar davlati yeriga ruxsatsiz qalʼa qurgan Olmoniyaga qarshi muhoraba boshlandi.
Ramazonning beshinchi kuni:
- milodiy 1268-yil 9-noyabrda musulmonlar 170-yil salibchilar qoʻl ostida boʻlgan Antokiya shahrini qaytarib olishdi.
Ramazonning oltinchi kuni:
- milodiy 1138-yil 17-mayda (hijriy 532-yil) musulmonlar Shimoliy Suriyaning Halab shahrida ilk bor salibchilar ustidan gʻalaba qozonishdi.
Ramazonning yettinchi kuni:
- milodiy 971-yil 22-mayda (hijriy 361-yil 7-Ramazon) Misrning Qohira shahrida Islom olamidagi eng yirik oʻquv dargohlaridan “Al- Azhar” jomeʼiga asos solindi.
Ramazonning sakkizinchi kuni:
- milodiy 630-yil 18-dekabrda (hijriy 9 yil) Tabuk shahriga yurish boshlandi.
Ramazonning toʻqqizinchi kuni:
- milodiy 712-yil 18-iyunda (hijriy 93 yil) Andalusiya fathi boshlandi.
Ramazonning oʻninchi kuni:
- milodiy 620-yili Ramazonning 10-kuni moʻminlar onasi Xadichai Kubro vafot etdilar.
Ramazonning oʻn birinchi kuni:
- milodiy 477-yil 25-mayda (hijriy 129-yil) Xurosonda umaviylarga qarshi harakat boshlandi.
Ramazonning oʻn ikkinchi kuni:
- milodiy 879-yil 7-mayda (hijriy 265-yil) Qohiradagi mashhur Ibn Tulun jomeʼ masjidi qurib bitkazildi.
Ramazonning oʻn uchinchi kuni:
- milodiy 636-yil 18-oktyabrda (hijriy 15 yil) Umar ibn Xattob Quddus shahriga kirib bordilar va shahar aholisiga omonlik ahdnomasini yozib berdilar.
Ramazonning oʻn toʻrtinchi kuni:
- milodiy 1347-yil 18-dekabrda (hijriy 748-yil) ilm-maʼrifatga katta hissa qoʻshgan Misr hukmdori Hasan ibn Nosir Muhammad Qalovun hukmronligi boshlandi.
Ramazonning oʻn beshinchi kuni:
- milodiy 625-yil 1-martda (hijriy 3 yil) Paygʻambarimizning (alayhissalom) sevimli nabiralari Imom Husayn tugʻildi.
Ramazonning oʻn yettinchi kuni:
- milodiy 660-yil 24-yanvarda (hijriy 40 yil) Xulafoi roshidinning toʻrtinchisi Hazrati Ali (karramallohu vajhahu) hamda 676-yil 12-iyulda (hijriy 56 yil) moʻminlar onasi Hazrati Oisha (roziyallohu anho) vafot etishdi.
Ramazonning oʻn sakkizinchi kuni:
- milodiy 642-yil 20-avgustda (hijriy 21 yil) “Sayfulloh” laqabini olgan va umrini Islom ravnaqiga bagʻishlagan Xolid ibn Valid (roziyallohu anhu) vafot etdi.
Ramazonning yigirma ikkinchi kuni:
- milodiy 630-yil 12-yanvarda (hijriy 8 yil) Toif shahri musulmonlar qoʻliga oʻtdi.
Ramazonning yigirma uchinchi kuni:
- milodiy 652-yil (hijriy 31 yil) sosoniylar davlati toʻla fath etildi.
Ramazonning yigirma beshinchi kuni:
- milodiy 1070-yili (hijriy 463-yil) Saljuqiylar sultoni Alp Arslon qoʻshini Malazgirt yaqinida Vizantiya imperiyasi va salibchilarini tor-mor etdi.
Ramazonning yigirma oltinchi kuni:
- milodiy 1401-yil 16-martda (hijriy 808-yil) mashhur qomusiy olim va tarixchi Abdurrahmon ibn Xaldun vafot etdi.
Ramazonning yigirma sakkizinchi kuni:
- milodiy 631-yil 1-yanvarda (hijriy 9 yil) Toifdagi Saqif qabilasi Rasululloh (alayhissalom) huzurlarida Islomni qabul qildi.
Ramazonning yigirma toʻqqizinchi kuni:
- milodiy 624-yil 24-martda (hijriy 2 yil) musulmonlarga Islom arkonlaridan zakot, fitr sadaqasi, hayit namozi buyurildi.
Ramazonning oʻttizinchi kuni:
- milodiy 869-yil 31-avgustda (hijriy 256-yil) buyuk muhaddis, “Sahihul Buxoriy” muallifi Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy vafot etdi.
Chust shahridagi “Said Nasimxontura” jomeʼ masjidi imom-xatibi
Bahodir SHARIPOV tayyorladi.

Report Page