ҚИЛИЧБЕКДАН ҚЎШИҚНИНГ "ИНЖИҒИ"

ҚИЛИЧБЕКДАН ҚЎШИҚНИНГ "ИНЖИҒИ"


Qo‘shiq va klip xususida ikki og‘iz...


Qirq kuncha oldin Muhammadziyoning "Tabibim" nomli taronasi tarmoqlarni portlatganidan keyin (39 million ko‘rinish) oradan ko‘p o‘tmay Qilichbekning "Injig‘im" qo‘shig‘i yangradi.


"Tabibim"dan ta’sirlanib, "Injig‘im" yaratildi. Ohang va musiqiy lad ham deyarli bir xil. Qovun qovundan rang oladi, deganlari shu bo‘lsa kerak. Endi tez orada yana qolgan san’atkorlardan "Tanbalim", "Dudug‘im", "Dangalim" va "po‘nchigim" kabi qo‘shiqlar yangrab qolsa ham ajablanmaymiz. 


"Injig‘im" qo‘shig‘i "Tabibim"ni ta’sirida chiqdi deyishimizga yana bir sabab bor. Gap shundaki ilgari san’atkorlar yangi qo‘shiqlarini avval mp3 variantini taqdim etar edi. Qo‘shiqning o‘zini xalq hazm qilishiga qarab, keyin klip olingan. Qilichbekning "injiq" taronasi esa bir yo‘la klip shaklida ommaga e’lon qilindi. ("Tabibim" qo‘shig‘i premyerasida ham xuddi shunday)


Klipga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi oylarda shou-biznes vakillari o‘zlarining kliplarida turli vayner va instavlogerlarni bosh qahramon qilib ko‘rsatish urfga aylandi. Maqsad esa o‘sha ularning muxlislarini ham klipga qiziqtirish va ko‘proq tomoshabinni jalb qilishga urinishdir. Qilichbek Madaliyev ham bu borada ortda qolmaslikka uringan. Uning klipida bosh qahramon sifatida Bobur Mansurov ko‘rinish berdi.


Bir qarashda hammasi yaxshidek. Chunki youtube platformasida "Injig‘im" 10 kun ichida 10 million marta ko‘rildi. Ammo kimsan Ohunjon Madaliyevdek san’atkorning farzandi, "ustazoda" Qilichbekning qolganlar nima qilsa shuni takrorlashga urinishi ozgina bizni ranjitgandek bo‘lyapti. Sababi bu xonandadan biz hech kimnikiga o‘xshamagan, qolganlar o‘xshatishga harakat qiladigan original ijod kutayotgandik...

Report Page