"Òzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ròyxatga olishni òtkazish konsepsiyasini tasdiqlash tòģrisida"

"Òzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ròyxatga olishni òtkazish konsepsiyasini tasdiqlash tòģrisida"

Surxondaryo viloyat Axborot kutubxona 

A.S.Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot- kutubxona markazi hamda Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida Aholini ròyxatga olishga tayyorgarlik jarayoniga baģishlab seminar bòlib òtdi.

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5- fevraldagi "Òzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ròyxatga olishni òtkazish konsepsiyasini tasdiqlash tòģrisida"gi Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosi yuzasidan,amalga oshirilayotgan ishlarga baģishlangan "Tadbirni òtkazishga tayyorgarlik kòrish va òtkazish" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari aholini ròyxatga olishni tashkil etish va òtkazishda tayyorgarlik ishlarining qanchalik muhimligi xususida batafsil fikr-mulohaza almashdilar.

Seminarda kòtarilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglanib,tegishli tavsiyalar berildi..






Report Page