Zulfiya

Zulfiya


Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda hunarmand-degrez oilasida tug`ilgan. Otasi zaxmatkash temirchi edi, onasi Xadicha opa esa juda ko`p qo`shiq, ertak, afsona va dostonlarni bilar va bolalarga aytib berardi. 1928 yilda boshlanhich maktabni tugallab,Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o`qishga kirdi. Ana shu yillardan boshlab, Zulfiyaning adabiyotga bo`lgan qiziqishi kuchaydi. Navoiy, Pushkin, Abdulla Qodiriy, G`ayratiy asarlarini, Uyg`un va Hamid Olimjon kabi yozuvchi shoirlarning ijodini qiziqib kuzatdi. O`qish va o`rganish o`z navbatida uning qo`liga qalam olishga ilxomlantirdi. Shu tariqa badiiy iste'dodi namoyon bo`la boshladi. 1930 yildan boshlab "Ishchi", "Turkiston" gazetalari, "Bolalar", "Yangi yo`l" jurnallarida yosh shoiraning dastlabki she'rlari ko`rinadi. 1932 yilda o`n sakkiz yoshli shoiraning birinchi she'rlar to`plami- "hayot varaqlari" bosilib chiqadi. Zulfiya doimo izlanishda, o`qishda o`z ijodini yanada serqirrali bo`lishi uchun sidqidildan harakat qildi. 1933 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi.. 1935-1938 yillarda esa A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot ilmiy tekshirish institutida aspiranturada o`qiydi. 1938-1940 yillarda Respublika bolalar va yoshlar adabiyoti nashriyotida muharrir bo`lib ishlaydi. Zulfiyaning ilk she'rlari o`zining hayotbaxsh ruhi bilan kitobxonlarni o`ziga jalb etdi. U ikkinchi jahon urushi arafasida taniqli shoirlar qatoridan o`rin olgan edi. Zulfiya urushdan keyingi yillarda tinch ijodiy mehnatda kishilarning matonati va qahramonligining yuksak namunalarini ko`rsatayotgan zamondoshlari haqida, tinchlik va do`stlik haqida kitobxonlarga manzur bo`lgan ajoyib she'rlar yaratdi.

@universal_chnl


Report Page