You tube

You tube

Ikromjonov Hojiakbar


[You tube](http://youtube.com/) yohud [Javid aka hayvonot bogʻida](https://youtu.be/jNQXAC9IVRw)


Ilmu tolib piru komil ustozidan soʻradi:

—Ustoz, ilmni magʻribdan olgʻon yaxshimu yoki mashriqdan?

Piru komil ustoz javob qildi:

—Agar ilm olmogʻni ixtiyor qilgʻon boʻlsang Youtubedan olmogʻ lozim boʻtam Youtubedan.

—😨


Eng quyida sizga manzil qoldirdim, unda Jawed Karimning hayvonot bogʻidagi videosini koʻrishingiz mumkin. Video 16 yil avval joylangan va 170 mln marta koʻrilgan. Eng qizigʻi bu Youtubedagi birinchi video. Jawed va uning ikki oshnasi bundan 16 yil avval videolar almashinish mumkin boʻlgan saytni yaratdilar. Jamoa rejasi boʻyicha odamlar bu saytdan faqat video tanishuv maqsadida foydalanishlari kerak edi, ammo auditoriyaning pozitsiyasi ularni rejasidan yaxshiroq boʻlib chiqdi. Yani foydalanuvchilar tanishuv videolaridan koʻra foydali va qiziqarli kontent chiqarishni boshladilar va bu Youtubening porloq kelajagini belgilab berdi. 2006 yil Google Youtubeni 1.65 mlrd dollarga sotib oldi va uni sunʼiy idrok bilan taʼminladi. Qisqasi shundan soʻng daxshat daxshat oʻzgarishlar sodir boʻldi (bu alohida mavzu). Hozirda ishlab chiqarilayotgan smart tvlarning deyarli barchasida Youtube bor va olimlarning fikricha u kelajakda televideniyeni oʻrnini toʻliq egallaydi. Siz birinchi bor akkaunt ochib video koʻrishni boshlaganingizda sizga eng boʻlmagʻur kontentlarni tavsiya qiladi, shunki ular foydasiz, lekin juda qiziqarli. Koʻp oʻzbek vlogerlar video abloshkasiga koʻz koʻrib quloq eshitmagan maʼlumotli rasmni qoʻyishadi, siz uni koʻrganda vaaaaay deb yuborasiz va shuni bilingki juda ham koʻp shunga oʻxshash videolar axlatdan boshqa narsa emas. Videoni chekkasidagi 3 nuqtani va undan keyin kanal tavsiya qilinmasin tugmasini bosasiz, bu ishni koʻplab marta qaytarganingizdan soʻng shu kabi axlatsifat videolar sizga kamroq koʻrina boshlaydi. Toʻgʻrini aytaman oʻzbekcha videolarni juda koʻpi koʻrishga arzimaydi. Lekin Youtubeda uncha muncha blogerlarga dam beradigan blogerlar bor. Agar siz ingliz tilini bilsangiz sizga aql oʻrgatishinmi xojati yoʻq, agar aksi boʻlsa sizga quyida bir nechta kanallarni tavsiya qilaman, kiring, koʻring, albatta rahmat deysiz.


[M faktor](https://youtube.com/c/MFaktoruz)—oʻzbek Youtubedagi eng yaxshi kanallardan biri, juda koʻp biznesmenlar, muvaffaqiyatli insonlarning mavzulashtirilgan intervyu va podcastlari bor.


[Muhammadali Eshunqulov](https://youtube.com/c/MuhammadaliEshonqulov)—menimcha bu kishini koʻpchilik taniydi, bilmaganlar uchun aytib oʻtaman ong osti boʻyicha mutaxassis, har xil sohada kerakli maslahatlar beradilar.


[Shaha Dolimov](https://youtube.com/channel/UCjJkkNvXDhwKtZ2DbqPa_9A)–oʻzbek Youtubening pioneri (yani birinchi eng narmalni bloger), har xil sohadagi koʻrishga juda ham arziydigan videolar chiqaradi.


[Bek Olimjon](https://youtube.com/c/BekOlimjon)—Shvetsiyada ishlovchi oftalmolog shifokor, tibbiyot sohasida chet elda oʻqish, koʻz kasalliklari, muvaffaqiyatli insonlar bilan podcastlar kabi videolari bor.


[Aziz Rakhimov](https://youtube.com/channel/UCMxSP1doJ_ZokhD3iNj2Oeg)—Merit maktabini asoschisi, hayotga oid koʻplab maslahat berganlar.


[Osmondagi bolalar](https://youtube.com/c/Osmondagibolalar)—Muvaffaqiyatli insonlar bilan hozircha 15ta podcast bor. Adashmasam har ikki haftada bir marta taxminan 2 soatlik video chiqadi.


[Turfa olam](https://youtube.com/c/TURFAOLAM)—tarixga oid maʼlumotlar bor.


[Xurmo](https://youtube.com/channel/UCVISWGPjR4hf7axQYo499Bg)—mashhur bloggerlarning foydali videolarini tarjima qiladi.


[Ulugbek Samigjonov](https://youtube.com/c/UlugbekSamigjonov)—HTML, CSS, Bootstrapga bepul toʻliq kurslar bor.


[AbdulazizMuhammad](https://youtube.com/c/AbdulazizMuhammad)—tarix, kitobxonlik va kriminalogiyaga oid vafsheee daxshat malumot bor.


[Javlon Asatullayev](https://youtube.com/c/MarkazStudio)—texnoblor, asosan Apple maxsulotlarini abzor qiladi.


[Teacher Azam](https://youtube.com/c/TeacherAzam)—ingliz tilini oʻrganishga oid va boshqa hayotiy mavzudagi videolar.


[Oʻzbekiston musulmonlari idorasi](https://youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ)—tajvid, siyrat, fiqh, tafsir, muallimi soniy, hadis fanlariga oid video darslar bor.


[Abdukarim Mirzaev](https://youtube.com/channel/UCQJ6VyqVtkRMjgMK3WmNZNw)—oʻylaymanki bu kishini ham koʻpchilik taniydi.


Mana, qoʻlimdan kelgancha sizga yaxshi kanallarni qoldirdim, albatta kirib koʻring.

(Bilmaganlar uchun: kanalga oʻtish uchun koʻk yozuv ustiga bosasiz.)


[Me at zoo](https://youtu.be/jNQXAC9IVRw)

Report Page