Guliston shahrida “Tashabbus xiyoboni” foydalanishga topshirildi

Guliston shahrida “Tashabbus xiyoboni” foydalanishga topshirildi

Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)
Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)

Bugun 1-iyun sanasida bayram bayramga ulashmoqda. Bir tomondan “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bo‘lsa, yana bir tomondan Guliston shahrining “Tashabbus xiyobonini”ning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Guliston shahridan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanali chap qirg‘og‘ini obodonlashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” ijrosi yuzasidan 2,6 gektar maydonda “Besh tashabbus xiyoboni” kompleksi barpo etildi.

Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)

Amalga oshirilgan ishlar natijasida:

 - kompleks 24 soat faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan quyosh batareyali 90 ta tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlandi;

- madaniy hamda ko‘ngilochar tadbirlarni ochiq havoda o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus sahna (amfiteatr) qurildi;


- kompleksda tadbirkorlar tomonidan 5 dona yengil tipdagi savdo do‘konlari o‘rnatildi. Shuningdek, “Do‘stlik” kanaliga 2 dona kater keltirilib, kanal bo‘ylab sayr qilish imkoniyati yaratildi;

Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)

Tadbir avvalida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev bayram dasturini lenta kesish ma’rosimi bilan ochib berdi. Mazkur tadbirda viloyat tuman va shahar sektor rahbarlari, IIB, Milliy gvardiya xodimlari, Guliston shahrining faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Bayram davomida rahbarlar hiyobon xududida tashkil etilgan mehnat yarmakasi, ko‘rgazmalar va 5 tashabbus yo‘nalishlar taqdimoti bilan tanishishdi. So‘ng viloyat hokimi yosh avlod vakillari bilan anhor bo‘ylab sayohat qildilar.

Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)

Kompleksda “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 dan ortiq ayollar va yoshlar tibbiy, sanitar, ijtimoiy va boshqa sohalarda ish bilan ta’minlandi.

Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)

- 10.500 metr2 maydon ko‘kalamzorlashtirildi, 2000 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi, ushbu ishlar uchun tadbirkorlar tomonidan 2 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi.

Kompleksda “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 dan ortiq ayollar va yoshlar tibbiy, sanitar, ijtimoiy va boshqa sohalarda ish bilan ta’minlandi.


Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)
Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)
Yoshlar ishlari agentligi (Guliston shahar)

Butun Guliston ahli xibyobon xududida jam bo‘lib, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun yana bir ikoniyat yaratildi. Albatta bu shahrimiz uchun katta yutuq. 5 tashabbusni qamrab olgan bunday hiyobon Sirdaryoda ilk bor barpo etilishi ayni haqiqatdir.Tadbir so‘ngida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan estrada yulduzlari o‘zlarining qo‘shiqlari ila tomoshabinlar qalbini xushnud etishdi. Yorqin mushakbozliklar ham bayram dasturidan o‘rin oldi.

Yoshlar ishlari agentligi Guliston shahar bo'limi


Report Page