“O‘zbekistondagi maktablarda bosqichli nazorat va yakuniy imtihonlar o‘tkaziladi” — XTV

“O‘zbekistondagi maktablarda bosqichli nazorat va yakuniy imtihonlar o‘tkaziladi” — XTV

@sirdaryo_xtb

O‘zbekistondagi maktablarda 2020/2021-yil o‘quv yili bo‘yicha bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi. 2019/2020-o‘quv yilida ushbu imtihonlar koronavirus infeksiyasi tufayli bekor qilinib, baholar uchinchi chorak ballari asosida chiqarilgandi.

Laylo Rustamovaning ta’kidlashicha, imtihonlar o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash va karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi nazoratga olinadi. Jumladan, imtihonlar o‘tkazilishidan oldin ta’lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari olib boriladi, o‘quvchilar imtihonlarga sanitar-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda himoya vositasida (tibbiy niqob) kiritilib, binoga kirishdan avval tibbiy xodimlar tomonidan ularning tana harorati o‘lchanadi va oraliq masofani saqlashlari ta’minlanadi.

• 26-maydan 2-iyunga qadar 5, 6, 7, 8 va 10-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari,

• 26-maydan 15-iyunga qadar 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari og‘zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Har bir maktabda imtihonlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin imtihon o‘tkazish jadvali barcha uchun ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.

Сирдарё вилояти халқ таълими бошқармаси ахборот хизмати

Report Page