Guliston tumanida "Eng yaxshi kitobxon maktab direktori" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Guliston tumanida "Eng yaxshi kitobxon maktab direktori" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

@guliston_txtb
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati

Insonni ilmga yetaklovchi maskanlardan biri kutubxonadir. Kimdir shaxsiy kutubxonasini boyitish uchun kitob tanlaydi, boshqa birov esa kitob oʻqish uchun joy tanlaydi. Kitob va kitobxonning diydorlashishi uchun eng yaxshi joy ham aslida kutubxona. Kitob - bilim manbai, ilm shamchirog'i, ma'naviyat sarchashmasidir. Kitobni quyoshga o'xshatish o'rinlidir. Quyosh insonning jisman ulg'ayishi uchun qanchalik muhim o'rin tutsa, kitob ma'nan barkamollik uchun ham shunday ahamiyatga ega. Joriy yilning 26-fevral sanasida Guliston tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-umumta'lim maktabining faollar zalida tumandagi barcha umumta'lim maktab direktorlari o'rtasida "Eng yaxshi kitobxon maktab direktori" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati

Ushbu tanlovda maktab rahbarlari 3 ta shart asosida o'zaro bellashdilar. Birinchisi - tanishtiruv sharti bo'lib, bu shartda ishtirokchilar slayd yoki videorolik orqali o'zlari faoliyat yuritayotgan maktab va undagi kutubxona haqida qisqacha ma'lumot beradi. Ikkinchi, savol-javob sharti bo'lib, bu shartda ishtirokchilarga badiiy asarlardan savollar beriladi. Bellashuv juda qizg'in va muzokaralarga boy tarzda o'tdi. Har bir shart asosida ishtirokchilar faol qatnashdilar. Ayniqsa uchinchi shart - "Men sevgan badiiy qahramon" sharti barcha uchun juda maroqli va ko'ngilochar shart bo'ldi.

Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati
Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati

Tanlov natijalariga ko'ra, tumandagi 19-umumta'lim maktabi direktori Sattorova Nasiba o'zining bilim salohiyati bilan faxrli III-o'rinni, tumandagi 1-umumta'lim maktabi direktori Bayto'rayeva Shoira o'zining salohiyati va izlanuvchanligi bilan faxrli II-o'rinni va tumandagi 17-umumta'lim maktabi direktori Dushayeva Saodat o'zining bilimi, ijodkorligi, kitobga bo'lgan mehri va e'tibori bilan faxrli I-o'rinni qo'lga kiritdilar hamda Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. I-o'rin sohibasi Dushayeva Saodat viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Guliston tumani xalq ta'limi bo'limi Axborot xizmati


Report Page