Xovos tumani sektor rahbarlari profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o'tkazdi

Xovos tumani sektor rahbarlari profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o'tkazdi

@xovos_uzb
foto: tuman hokimligi

Joriy yil ichki ishlar organlari tizimida katta o‘zgarish va islohotlar bilan boshlandi. Xususan, 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan profilaktika inspektorlarining ish faoliyati va oilaviy sharoitlaridagi mavjud muammolarini o‘rganish masalasiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan edi. Shunga ko‘ra, Xovos tumani hokimligida profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Sektor rahbarlari va tuman IIB hodimlari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etgan uchrashuvda tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligi ta’kidlandi.

Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash, profilaktika inspektorining ishini yengillashtirish bilan birga natijadorligini oshirish maslalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu borada ayrim hududlardagi profilaktika inspektorlarining faoliyati tanqidiy tahlil etildi hamda profilaktika inspektorlarning bilimini oshirish bo‘yicha rahbar xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Uchrashuv davomida profilaktika inspektorlari faoliyatidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

Report Page