Xovos tumanidagi 3 ta mahallaga tibbiyot konteyneri o‘rnatildi

Xovos tumanidagi 3 ta mahallaga tibbiyot konteyneri o‘rnatildi

@xovos_uzb
foto: tuman hokimligi

Xalq salomatligi va sog‘lom millat genofondi har bir davlatning muhim boyligi sanaladi. Shu bois, mamlakatimizda aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi sifatida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yurtimizda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, malakali tibbiy kadrlar salohiyatini oshirish, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ushbu olib borilayotgan ishlar negizida Xovos tumanida ham sohaga yangi islohotlar kirib kelmoqda. Tumandagi Qayirma, Obod turmush va O‘zbekiston to‘kinchiligi mahallalari aholisi ko‘p yillardan buyon tibbiy muolajalar olish bilan bog‘liq qator muammolarni boshdan kechirayotgan edi. Shu bois ushbu hududlarning xar biriga tibbiyot konteynerlari o‘rnatildi.

Ushbu tibbiy jihozlarni o‘zida jam qilgan konteynerlar bir kunda 340 nafardan ortiq fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.

Umumiy 4361 nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy maskan yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarning eng qulay joyiga o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda samarali ish faoliyatini olib boryapti.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, konteynerlar sovutish vositalari va sanuzellar bilan taʼminlangan hamda kunduzgi statsionar muolajalar uchun qulay sharoitga ega.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

Report Page