Xovos tumani sektor rahbarlari tuman hokimligining kichik majlislar zalida tumandagi mavjud 27 ta mahalla raislari bilan uchrashdi

Xovos tumani sektor rahbarlari tuman hokimligining kichik majlislar zalida tumandagi mavjud 27 ta mahalla raislari bilan uchrashdi

@xovos_uzb
Foto: Xovos tumani hokimligi

Unda mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, ajrimlarni kamaytirish, yoshlar tarbiyasida mahallaning rolini oshirish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish, “bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida ularni ixtisoslashtirish, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga, odam savdosiga qarshi hushyorlikni oshirish, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning hududlarda ijrosini taʼminlash singari dolzarb masalalar hususida atroflicha toʻxtaldi.

Shuningdek, tuman tashkilotlari mahalla raislari bilan hamkorligida baʼzan uzviylik yetishmayotgani, bu esa joylardagi muammolarning yechimsiz qolishiga olib kelayotgani keskin tanqid qilindi.

Endilikda, sektor rahbarlari mahalla raislari bilan oʻzlari doimiy muloqot qilishi va ular ko'targan muammolar birinchi navbatda hal etilishiga kelishib olindi.

Tuman rahbarlari mahalla raislari xalqimizni rozi qilish yo‘lidagi islohotlarni har bir xonadonga olib kirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishlarini ta’kidladi.

Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page