SILAI RAHM

SILAI RAHM

@xovos_uzb

Silai rahmni uzish gunohi kabiralardandir. Shuni bilib ham hech bir sabab va shubhasiz silai rahmni uzishni halol sanagan, mumkin deb e'tiqod qilgan kishi jannatga kirmaydi. Bu haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadis rivoyat qilinadi:

Yani: “Kesuvchi jannatga kirmaydi”. Sufyon o‘z rivoyatida: “Qarindoshlikni uzuvchi nazarda tutilgan”, deydi (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

“Silai rahm” arabcha so‘z bo‘lib, “sila” – bog‘lash, “rahm” – qarindosh (onaning bachadonini ham rahm, deyiladi), ya'ni “Qarindosh urug‘lik aloqalarini bog‘lash” degan ma'noni bildiradi.

Silai rahm qilish – o‘zgalarga nisbatan qarindoshlariga g‘amxo‘r va muhabbatliroq bo‘lish, ulardan xabardor bo‘lib, moddiy-ma'naviy jihatdan qo‘llab turishdir.

Silai rahmga eng haqdor kishilar ota-ona, aka-uka, opa-singil kabi qon-qarindoshlardir.

Qur'oni karimning bir qancha oyatlarida qarindoshlik aloqalarini bog‘lashning fazilati va uni uzishning yomonligi haqida so‘z yuritilgan.

"Agar imondan bosh tortsangiz, aniqki, sizlar yerda buzg'unchilik qilarsizlar va qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzasiz, albatta. Unday kimsalarni Alloh la'natlagandir, bas, ularning (quloqlarini) "kar", ko'zlarini "ko'r" qilib qo'ygandir".

"Qon -qarindoshlik aloqalarini uzgan (silai rahm qilmagan)lar jannatga kirmaydi. Har payshanba va juma kechasi odamlarning amallari to'g'risida Allohga xabar beriladi. Shunda silai rahm qilmagalanlarning yaxshi amallari Alloh tomonidan qabul etilmaydi".

Imom Tabaroniy qayd eatdi: " Ibn Masud ( rodiyallohu anhu) bomdod namozidan keyin jamoat ichida o'tiratdi. Dediki: "Xudo xaqi, qon qarindoshlik aloqalarini uzganlar bo'lsa, oramizdan turib ketishsin! Biz Robbimizga duo qilmoqchimiz. Qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar mavjud joyda osmon eshiklari yopiq bo'ladi, duolar qabul etilmaydi".

Imom Buхoriy va boshka muхaddislarning kitoblarida qayd etiladi: « Silai raхm qilgan deganda , o'z sila ( yaqin ) kishisini mehr - oqibatini qabul qilgan insonni tushunmaymiz. Silai raхm qilgan deb , qarshi taraf qarindoshlik aloqalarini uzganda, bunga javoban eski munosabatlarni davom ettirgan kishini aytamiz. Imom Termiziy bunday deydilar : «Doimo boshqalarga ergashadigan zaif kishilar bulmangki, ular bunday deyishadi : «Insonlar bizga yaxshilik qilsa, biz ham ularga yaхshilik qilamiz, bizga zulm o'tkazsalar, biz ham ularga zulm o'tkazamiz . Siz insonlar yaxshilik qilsa, yaхshilik qiladigan nafsingizni, yomonlik qilsa, yomonlik qilmaydigan nafsingizga alishtiring» . Imom Мuslim qayd etadi : Saхobalardan biri derki : «Yo  Rasululloh, mening qarindosh-urug'larim, yakinlarim bor. Мen qarindoshlik va yaqinlik aloqqalarini davom ettiraman , ular uzaveradilar. Men ularga yaxshilik qilaman, ular menga yomonlik qiladilar. Men ularga yaхshi va yumshoq muоmala qilaman, ular menga joхilona va qo'pol muomalada buladilar”. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bularni tinglagach, dedilar : «Agar sen aytganingday bo’lsang, bаmisoli ularning ustiga qo'r sepganday ish qilibsan! Sen shu holda davom etaver, Alloh ularga qarshi senga yordam berishi muqarrardir".

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki musulmonman degan har bir inson qo'ni-qo'shnisi, qon-qarindoshlari va boshqa yaqinlari bilan yaxshu munosabatda bo'lishi va  qo'lidan kelgancha ham moddiy ham ma'naviy ko'mak berishi lozim.

Xovos tumani  Bunyodkor mahallasi otinoyisi                                    Hamroqulova Noila

Report Page