Jinoyat ishlari bo'yicha Xovos tumani sudi tomonidan seminar o'tkazildi

Jinoyat ishlari bo'yicha Xovos tumani sudi tomonidan seminar o'tkazildi

@xovos_uzb
Фото: Ховос тумани ҳокимлиги

Ushbu seminarda DSIning hodimlari ishtirok etishdi. Unda quyidagi 3 ta asosiy masala yuzasidan muhokama bo'lib o'tdi.

—Xotin-qizlar o'rtasidagi huqubuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish.

—Odam savdosi tushunchasini aholiga to'liq tushuntirish va oldini olish.

— Prezidentimizning "Korrupsiyaga qarshi kurashish" to'g'risidagi farmonni aholi va davlat xizmatchilari ongiga singdirish. 

Фото: Ховос тумани ҳокимлиги

Xovos tumani sudining devonxona mudiri A. Subxanovning ma'ruzasida hozirgi kunda Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinayotgan qonun va farmonlar qanchalik muhim ekanligi aytib o'tildi. Shuningdek xotin-qizlar o'rtasidagi huqubuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksining ayollarga tegishli bo'limidagi bir qancha moddalar sanab o'tildi va ishtirokchilar tomonidan to'liq sharhlandi.

Shu masalaga binoan, homilador va 3 yoshdan kichik farzandi bor ayollar qasddan jinoyat sodir etmagan bo'lsa, ularga jazo qo'llanilmasligi, agarda jazo qo'llanilsa tug'riq paytida yoki bola parvarishi uchun ta'til berilishi aytib o'tildi.

Фото: Ховос тумани ҳокимлиги

Hozirgi kunda nafaqat Respublikamizda balki butun jahonda, hattoki rivojlangan davlatlarda ham odam savdosi keng tarqalmoqda. Huddi shu masalani oldini olish maqsadida odam savdosi tushunchasini aholiga chuqurroq tushuntirish eng oldi vazifa etib belgilandi. Agar ushbu jinoyat sodir etiladigan bo'lsa uning oqibatlari hamda Jinoyat kodeksiga ko'ra qanday jazo joriy etilganligi haqida eslatib o'tildi. Shu bilan birgalikda, tumanimizda muqaddam bo'lib o'tgan odam savdosiga oid jinoyatlar qayta ko'rib chiqildi.

Eng oxirgi masalaga ko’ra korrupsiyaga qarshi kurashish  va uning  tarixi  hamda unga qarshi  kurashish  usullari  haqida  gapirib o’tildi.  Korrupsiya bu  hodimning vakolatlaridan  unga  ishonib topshirilgan  huquqlardan  foydalanib  o’z manfaatlarini  ko’zlab  qonunni  buzgan  holda amalga oshirilgan jinoiy holatlar  yig’indisi.  

Mansabni  suiiste’mol  qilish  ham korrupsiyaning  bir ko’rinishi  hisoblanadi. Shuningdek  seminar  davomida  mashhur  jahon  siyosatchilarining korrupsiyaga  oid iqtibos  hamda maqolalaridan hulosalar  keltirib o’tildi  va albatta yurtimizda bu jinoyatga  qo’yiladigan  jazolar  ham  aytib  o’tildi.

Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page