Xovoslik ayollar Toshkenga sayohat qilishdi

Xovoslik ayollar Toshkenga sayohat qilishdi

@xovos_uzb
Foto: Xovos tumani hokimligi

Davlatimiz rahbari tomonidan ayollarga qaratilayotgan e’tibor namunasi sifatida joriy yilning 21 may kuni xovoslik faol ayollar Toshkent shahriga sayoxatga yuborildi.

Foto: Xovos tumani hokimligi

Xovos tumani hokimiligi, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan birgalikda tashkil etilgan sayohat ichki turizmni rivojlantirish hamda qadimiy, ulug‘ ota-bobolarimizning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishlari uchun ayni muddao bo'ldi.

Foto: Xovos tumani hokimligi

Ayollar dastlab Zangiotada bo‘lib, u yerdagi muqaddas joylarni ziyorat qildilar. Shundan so‘ng poytaxtimizdagi diqqatga sazovor inson kayfiyatni ko‘taruvchi joylarda bo‘lishdi.

Foto: Xovos tumani hokimligi

Ushbu sayoxat ayollarga tariximizni chuqurroq anglab yetishga, dunyoqarashni kengaytirishga, tarixiy obidalar bilan tanishishga zamin yaratadi.

Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page