Www

Www

@Jizzax

Bill Geyts, Ilon Mask, Barak Obama, Kanye Uest va boshqa mashhurlarning Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzilib, bitkoin talab qilingani haqida xabar berilgan edi.

Bu ishda AQShning Florida shtatida yashovchi 17 yoshli Grexem Klark ismli o‘spirin aybdor deb topilib, hibsga olingan, deya xabar bermoqda Meduza.

Klark 30 ta ayblov bilan ayblangan va u xuddi kattalarday sud qilinishi ma’lum qilingan.

Klarkning sheriklari sifatida Florida shtatida yashovchi 22 yoshli Nima Fazelli va Buyuk Britaniyalik 19 yoshli Mason Sheppard gumonlanmoqda.

Mashhurlar nomidan bitkoin so‘ragan yosh xakerlar tvitlar o‘chirilguncha 110 ming dollarga teng mablag‘ yig‘ishga ulgurgan.

Report Page