#Wikipedia

#Wikipedia

Ziynatdin

Microsoft .PowerPoint.


Microsoft PowerPoint (to'liq nomi — Microsoft Office PowerPointingl. power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft WindowsmacOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.

Microsoft PowerPoint (Windows)

Microsoft PowerPoint ramzi






TarixiTahrirlashPowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb o'zgartirishga qaror qiladi.

1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi.

1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.

VersiyalariFormatlariTahrirlashTaqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin:

  • .ppt — PowerPoint taqdimoti
  • .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
  • .pot — PowerPoint modeli

PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.

MuvofiqligiTahrirlashPowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga jo'natilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni ta'minlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning ba'zi taqdimotlari Windows tizimiga o'rganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yo'q. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga o'tishga qaror qildi.


Reklama taqdimotiTahrirlashReklama prezentastiyasini yaratish bu ko'p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va masʻuliyatli jarayondir. Bu o'rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni oʻylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:

  • qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat;
  • kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
  • slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
  • cho'ntak daftarchasi;
  • elektron prezentastiyalarni olish mumkin.

Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o'rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo'shimcha fikrlar va prezentastiyalarni qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh tajribali boʻlishidan qatʻiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.

Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Prezentastiya – maʻruza, biznez reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.

Misrosoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.

Sh._qarang

Tanqid

Havolalar


Report Page