#Wikipedia

#Wikipedia

Ziynatdin

Microsoft Excel.


Microsoft Excel (ba'zan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft WindowsWindows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.

Microsoft Excel (Windows)

Microsoft Excel 2007 ramzi







Fayl formatlari Dasturlash Tahrirlash Excelning imkoniyatlari sirasiga yana VBA asosida kod yozish ham kiradi. Bu kod jadval muharriridan boshqa maxsus muharrir yordamida yoziladi. 


Microsoft Excelning maxfiy so'zli himoyasiTahrirlashMicrosoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya tizimlarini o'z ichiga oladi:

  • hujjat ochish uchun maxfiy so'z[2]
  • hujjatga o'zgartirish kiritish uchun maxfiy so'z[3]
  • sahifa himoyalash uchun maxfiy so'z
  • ish kitobni himoyalash uchun maxfiy so'z
  • kitobni himoyalash uchun maxfiy so'z[4]
  • VBA kodini himoyalash uchun maxfiy so'z

Hujjatni ochish uchun maxfiy so'zdan (yomon niyatli shaxsga muammo tug'diruvchi yagona himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini darxol yo'q qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy so'zlarni qo'llaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat ichida esa o'rnatilgan maxfiy so'zning xeshi saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday qo'shimcha himoya qo'shmaydi. 

Microsoft Excel 95 va oldingi versiyalarida "ochish uchun maxfiy so'z" 16 bitli kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish mumkin bo'lgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da maxfiy so'z 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu ham zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy so'zlarni topishga mo'ljallangan dasturlar soniyasiga yuz minglab maxfiy so'zlarni tekshirib chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da vaziyat biroz o'zgardi, bunda foydalanuvchi tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan foydalanishi mumkin, lekin boshlang'ich holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam bo'lmasligini ko'rsatadi.

 Excel 2007da vaziyat tubdan o'zgardi — shifrlash uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining qo'llanilishi maxfiy so'zni topish ehtimolini keskin pasaytirib yubordi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam himoyani "ochish uchun maxfiy so'z" himoya turi o'rnatilgan va Office 2007 / 2010 formatida saqlangan hujjatlar ta'minlay oladi.

Excelning asosiy elementlariTahrirlashMICROSOFT EXCEL dagi barcha ma`lumotlar jadval Ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma`lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma`lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.

Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma`lumotlarni kiritish mumkin:

  • matnli;
  • sonli ifodalar;
  • formulalar.

Matnli ma`lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi.

Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.

Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.

Formulalar har doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo’ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma`lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.

EXCELning asosiy ishlov berish ob'yekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Bir ishchi varaq o’z nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya`ni elektron jadval xisoblanadi. 

Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.

Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig'ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin. 

Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4

Excel ishchi menyusi bo'limlariTahrirlashExcel 2003 versiyasining ishchi menyusi quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

  • Правка bo’limidagi "Заполнить" va "Очистить" bo’limlari kataklarning belgilangan yo’nalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. Удалить лист bo’limi belgilangan varaqni o'chiradi. Переместить \ скопировать лист Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan bo’limlar Microsoft Office guruhidagi dasturlar uchun umumiy bo’lgan vazifalarni bajaradi. 
  • Вид bo’limining Строка формул bo’limi formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil qiladi yoki aksincha. 
  • Вставка bo’limi katak, satr, ustun va varaq ustida amallar bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, ularning mazmuni quyidagicha:
  1. Ячейки – jadvalga yangi katak qo’shish;
  2. Строки – jadvalga yangi satr qo’shish;
  3. Столбцы – varaqqa yangi ustunlar qo’shish;
  4. Лист – ishchi kitobga yangi varaq qo’shish;
  5. Диаграмма- diagrammalar tashkil etish;
  6. Разрыв страницы – sahifani ajratish;
  7. Функция – funksiyalarni tanlash;
  8. Имя – ishchi kitobga nom berish;
  9. Примечание – izohlar hosil qilish;
  10. Рисунок - tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;
  11. Карта – xaritalar hosil qilish.
  • Формат bo’limi Excel dasturida formatlashni asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Bo’lim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yo’qotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. Стиль bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda ma‘lumotlarning berilishi va tuldirish usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning alifbosi va o’lchamini belgilash mumkin.
  • Сервис bo’limi Office muhitidagi amaliy dasturlarnikiga o'xshash.
  • Данные bo’limi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga mo’ljallangan:
  1. Сортировка – qiymatlarni tartiblash;
  2. Фильтр – biror belgi yoki shart bo’yicha saralash;
  3. Форма.. – biror shaklda tartiblash;
  4. Итоги.. – yakuniy natijalarni aniqlash;
  5. Проверка.. – ma‘lumotlarni tekshirish;
  6. Текст по столбцам.. – matnni ustunlarga bo'lish;
  7. Консолидация.. – qiymatlarni birlashtirish;
  8. Группа и структура – yangi tizimlar olish;
  9. Свободная таблица. – natijaviy jadvallar tuzish;
  10. Внешние данные – tashki ma‘lumotlar kiritish.
  • Окно - ishchi oynani tartiblash.
  • Справка - yo'riqnoma va ma'luomot olish.

Excel 2007 va 2010 versiyalarida ishchi menyu bo'limlari umumlashtirilgan va tartibga keltirilgan hamda "Главная" (Asosiy), "Вставка" (Qo'shish), "Разметка страницы" (Sahifani tahrirlash) , "Формулы" (Formulalar), "Данные" (Ma'lumotlar), "Рецензирование" (Taqriz), "Вид" (Ko'rinish) bo'limlaridan iborat.

Excelda diagrammalarTahrirlashExcel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan ma'lumotlar asosida diagrammalar yaratish mumkin.

Excelda ma'lumotlar asosida tayyorlanadigan diagrammalar quyidagi turlarga bo'linadi:

  • gistogramma; — sohali;
  • grafikli; — xalqali;
  • doiraviy; — sirtli;
  • nuqtali; — birjaviy va hokazo.

Diagramma hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish kerak: 1) Elektron jadvalni yuklash.

2) Mavzuni kiritish.

3) Ustunlar kengligini tanlash.

4) Har bir ustunga mos nomlarni kiritish.

5) Yacheykalarni ma'lumotlar bilan to'ldirish

6) To'ldirish ustunining formulasini berish.

7) «Jami xarajatlar miqdori». Natijaviy jadval hosil qilish.

8) Ma'lumotlarni saralash.

TanqidSh._qarang

Adabiyot

Havolalar


Report Page