Wikipedia

Wikipedia

Dostonbek

Vikipediya — bu koʻp tillik, erkin, internet ensiklopediya. U koʻngillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qoʻllab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi.[1] Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 6433356 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh VikiomborVikilugʻatVikikitobVikiversitetVikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.

Favicon of Wikipedia


Vikipediya


Web-manzil

www.wikipedia.org

Interwiki

XX:

Asosiy boʻlim

jami 287 boʻlim

Asos solingan sana

15-yanvar, 2001

Asoschi

Jimmy Wales va Larry Sanger

Maqolalar soni

20 milliondan dan ortiq

Egasi

Wikimedia Foundation

Litsenziya

erkin

Reklama

yoʻq

Tarixiwikipedia.com va wikipedia.org domenlari mos ravishda 2001-yil 12-yanvarda[2] va 2001-yil 13-yanvarda[3] roʻyxatga olingan.

Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda, Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglizcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ soʻzi aslida gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish boʻlgan edi.

Oʻzbek tilidagi VikipediyaAsosiy maqola: Oʻzbekcha Vikipediya

Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 138 585 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 67 681, ulardan 234 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 633 429.

Oʻzbekcha Vikipediyaning Oʻzbekiston hududida toʻsilishiAsosiy maqola: Oʻzbekcha Vikipediya#Toʻsilishi

2011-yilning oxirida noʻmalum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi.[4] Bu oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech bir muammosiz ocha oladilar.

Turli tillardagi nashrlariVikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:

  1. Inglizcha Vikipediya (6433356)
  2. Nemischa Vikipediya (2649369)
  3. Fransuzcha Vikipediya (2386467)

Toʻliq roʻyxat bu yerda.

  1. Manbalar „Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha)“. Alexa Internet. Qaraldi: 18 Fevral, 2012.
  2.  „WHOIS domain registration information results for wikipedia.com from Network Solutions“ (27-sentabr, 2007). 27-sentabr, 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust, 2018.
  3.  „WHOIS domain registration information results for wikipedia.org from Network Solutions“ (27-sentabr, 2007). 27-sentabr, 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust, 2018.
  4.  „Ўзбекистонда ўзбекча Wikipedia тўсиб қўйилди“. Ozodlik Radiosi (16 Fevral 2012). Qaraldi: 18 Fevral, 2012.


Vikipediya logosi


Report Page